Buxoro shahrida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish bo‘yicha “Tezkor shtab” guruhi tashkil etildi.
Prezidentimiz raisligida 2021 yil 23 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi muammolarini chuqur o‘rganish va bartaraf qilish, aholi murojatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan edi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayta o‘rganish hamda ijobiy hal qilish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Buxoro shahar hokimi farmoyishi asosida Davlat xizmatlari agentligi markazida “Tezkor shtab” guruhi tashkil etildi.
Hujjatga asosan, shtab rahbari hamda 27 ta mutasaddi tashkilotlaridan buyruq asosida ijrochi xodim ajratildi. Shtabning ijro hujjatlarini elektron bazaga kiritish uchun 4 ta kompyuter va 4 ta printer hamda 4 ta xodima ajratildi. Tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha ma’lumotlar Xalq qabulxonasiga va viloyat shtabiga o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.
“Tezkor shtab” guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta o‘rganilgan murojaatlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni yig‘adi. Natijada ushbu ko‘rsatkichlar haqqoniyligini shahar Xalq qabulxonasi mudiri va mutaxassislari o‘rgangan holda hujjatlar yig‘ib boriladi.
Buxoro shahrida joriy yilning birinchi yarim yilligida 7 ming 466 ta murojat kelib tushgan. Shundan qayta o‘rganish talab etilayotgan murojaatlar soni 5 ming 814 tani tashkil etadi.
bugungi kunda murojaatlarni qayta o‘rganish bo‘yicha jami bo‘lib 1 ming 148 ta murojat o‘rganildi. Shundan 420 tasi ijobiy hal qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |