2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryo viloyatida kadastr sohasidagi 190 ta murojaat hal etildi

Hududlar bo‘ylab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh sohadagi muammolarni o‘rganmoqda.

Kadastr sohasidagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlashdagi muammolarning yechimi, ularning ijobiy hal etilishi borasidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Jumladan, bir qator sayyor qabullar, davra suhbatlari tashkil etilyapti.

Sirdaryo viloyati Kadastr agentligi boshqarmasi rahbari Sh.Primqulovning ma’lumot berishicha, hozirgi kunda Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 190 ta murojaatlari «fuqarobay» ishlash tizimi orqali hal etilmoqda. Shuningdek, har bir murojaat fuqaroning xonadoniga borib o‘rganilmoqda.

 Eslatib o‘tamiz, yaqinda  prezident Shavkat Mirziyoyev «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

04.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar