2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonalari muammolarga yechim topmoqda

Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-iyul kuni «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart» ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Hayot oldimizga qo‘yayotgan ko‘pdan-ko‘p muammolarni vaqtida yechish haqida muttasil qayg‘urish, bu yo‘lda fidoyi bo‘lib, halovatdan voz kechib, odamlar dardi bilan yashashni davrning o‘zi har birimizdan talab etmoqda. Bunda odamlar bilan doimiy muloqot qilish, kundalik tashvishlari bitilgan murojaat va shikoyatlarni kechiktirmay ko‘rib chiqish, bu borada turli rasmiyatchilik, byurokratiya hamda sansalorlik holatlariga barham berish juda muhimdir.

Mazkur yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasi va sektor raxbarlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh hududlarda bo‘lib, barcha sohalardagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash borasida mavjud muammolarning yechimi, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi yuzasidan murojaatchilarning murojaatlari takroran joyiga chiqilgan holda o‘rganilmoqda va bir qator sayyor qabullar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

– Xalq qabulxonalari murojaatlar bilan ishlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri U.Halimov. – Zotan, islohotlarni baholash mezoni hisoblangan murojaatlar ortida inson manfaati, taqdiri turadi. Ularning to‘liq, xolisona, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jumladan G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sherzod Ashurovning navbatdagi qabuli tashkil etildi. Qabulda 200 nafardan ortiq fuqarolar yechilmay qolgan muammolari bilan tuman hokimiga murojaat qildi.  

Mazkur qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning hal etilmayotgan murojaatlarini qayta o‘rganish va ularga ijobiy yechim topishdir. Tuman Xalq qabulxonasi, sektor rahbarlari, mahalla raislari va mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilayotgan qabulda fuqarolarning ijtimoiy muammolari va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining masalalarini ijobiy hal etish choralari ko‘rib chiqilmoqda. Qabul davomida 60 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Tuman hokimi Sherzod Ashurov qabulga kelgan barcha fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi masalalariga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarini ko‘rdi.  

Lobar Adilova oilaviy sharoiti og‘irligini bildirib, oilasiga oziq-ovqat maxsulotlaridan amaliy yordam berish, Pomo‘za MFY, Oqoltin ko‘chasi 143-uyda yashovchi 2-guruh nogironi Ixtiyor Allayevning tabiiy gaz va elektr energiya to‘lovlaridan qarz bo‘lib qolganligi, to‘lashga qurbi yetmayotganligi to‘g‘risidagi, Qo‘rg‘on MFY Shokirobod ko‘chasi yashovchi Dilnoza Hazratovaning oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida bir dona patdo‘z tikuv mashinkasi olib berish to‘g‘risidagi, Oqgul MFY, Jindakon qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Soniya Murodovaning turmush o‘rtog‘i 1-guruh nogironi oilaviy sharoiti og‘irligi uyini ta’mirlashda qiynalayotganligini bildirib, uyini ta’mirlashda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Ma’lumki, bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha “Tezkor shtab” tashkil etilgan. “Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi bo‘lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta’minlaydi.

2021 yil 6 oyi davomida G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasiga 6 ming 426 ta murojaat kelib tushgan va tizim orqali tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilgan. Shundan hal etilmagan murojaatlar soni 4 ming 830 tani tashkil etadi. Qayta o‘rganilgan murojaatlar soni 3 ming 787 tani yoki 78 foizni tashkil etadi. Shundan ijobiy hal etilgan murojaatlar soni 2 ming 228 tani yoki 46 foizni, huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan murojaatlar soni 1 ming 559 tani yoki 32 foizni tashkil qiladi.  

1 ming 43 ta yoki 22 foiz murojaat qayta o‘rganish jarayonida.

Tumanda sektor raxbarlari bilan o‘tkazilgan sayyor ommaviy qabullar davomida sektor rahbarlari shaxsan ishtiroki ta’minlanganligi, aholidan tushayotgan murojaatlarga sektor raxbari aniq huquqiy tushuntirishlar berayotganligi, tuzilgan ishchi guruhi ishtiroki ham to‘liq ta’minlanib, o‘rganilayotgan murojaatlarning aksariyat qismi ijobiy hal etilib kelinmoqda.

–Qishlog‘imizni 1200 metr qismiga shag‘al tashlab berishda amaliy yordam so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edim, – deydi G‘ijduvon tumani Ko‘shk MFY, Naymanobod qishlog‘ida yashovchi Raxmat Saidov. –Murojaatimni tuman Xalq qabulxonasi alohida nazoratga olib, Naymanobod qishlog‘imizdagi 1,2 kilometr yo‘llar shag‘allashtirildi.  

Bu kabi murojaatlarni ko‘plab misollar keltirish mumkin. Eng muximi hech kimning murojaati asossiz ravishda e’tiborsiz qoldirilmaydi.  

25.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar