2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi hokim nazoratida

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda hududlarga chiqib, ishlashning yangicha “mahallabay” tizimida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturining ijrosi borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarining ijrosi, joriy yil oktyabr oyining so‘nggi yakshanbasida o‘tishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga saylov uchastkalaridagi tayyornarlik ishlarini tahlil qildi.

Tadbirda sektorlar rahbarlari, dastur ijrosi va aholi murojaatlariga ma’sul mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari rais va faollari, saylov uchastkalariga zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul bo‘lgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 24 mart kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sektor rahbarlari o‘z hududida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha mahalliy kengashlarda va ommaviy axborot vositalari orqali aholiga hisobot berishi zarurligi aytilgan edi.

Dastur doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi, talon-toroj qilinishi, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining sifatsiz bajarilishi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Paxtakor tumani hokimi Shukurullo Babayev “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi va aholi murojaatlariga ma’sul mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan hududlarga borib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Paxtakorlik saylovchilar bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotlarda, mahallarlardagi ichki yo‘llar, elektr va gaz ta’minoti, qishloqlardagi tibbiy xizmat sifati pastligi hamda infratuzilmaning yo‘qligi borasida aholidan ko‘plab murojaatlar bildirildi.

bugungi kunda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida tumandagi ko‘plab mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan yaxshilanib, fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratilmoqda.

Jumladan, “Paxtakor” qishloq fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti, ijtimoiy soha ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, yo‘l bo‘ylariga tungi yoritkichlarni o‘rnatish va ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar ham jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

To‘planib qolgan turli chiqindilar maxsus transportlarda olib chiqilmoqda. Ko‘cha va aholi tomorqalariga rang-barang gul ko‘chatlari o‘tqazilib, mevali va manzarali daraxtlar butalanib, taglari oqlanayotir, mahallada tozalash, obodonlashtirish ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

– Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qishloqlarga infratuzilma borsagina, hayot sifati o‘zgaradi, tadbirkorlik rivojlanadi. Shu sababli, bu yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi, aholi murojaatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan saylov uchastkalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar yangi yondashuv – ishlashning yangicha tizimi asosida amalga oshirilishi shart. Maqsad, davlat dasturiga kiritilgan hududlarning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishi, aholi murojaatlarini izchillik bilan hal etish va Prezident sayloviga puxta hozirlik ko‘rishdan iboratdir,. – dedi Paxtakor tumani hokimi Shukurullo Babayev.

Tuman hokimi va sektor rahbari boshchiligida “Paxtakor” qishloq fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan hamda saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar va uchastkalarga olib boruvchi yo‘llarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Hududda olib borilyotgan ishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari jiddiy ogohlantirildi va ularni eng qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan vazifalar yuklatilib, aniq ijro muddati belgilandi. Tuman hokimligi va sektorlar rahbarlari tomonidan bu ishlarning barchasi qat’iy nazoratga olindi.

29.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar