Yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, munosib sharoitlarni yaratib berish davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishtirokida yangicha yondashuv va ilg‘or texnologiyalarga tayangan holda hayotga tatbiq etilayotgan yirik ijtimoiy loyiha ham Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Pishog‘ar hamda Sharof Rashidov tumanidagi Ravot aholi maskanlaridagi yuzlab qishloq yoshlari, ularning oilalari hayotiga ro‘shnolik olib kirayotgani bilan chuqur ma’no-mazmun kasb etmoqda.
Zomin tumanining Pishog‘ar qishlog‘i hududidagi bamisoli moviy dengizdek bir tekis mavjlanib turgan mana yam-yashil jo‘xorizorlar o‘rni bundan atigi 4-5 oy ilgari ham qup-quruq dasht edi, desangiz, ko‘pchilik ishonmasligi mumkin. Ammo hududning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va geologiyasi e’tiborga olingan holda aniq hisob-kitob asosida boshlangan ezgu ishlar bugun o‘zining ilk natijasi bilan ko‘rgan ko‘zni quvontirmoqda.
Loyiha doirasida ajratib berilgan 300 gektar yerning 140 gektarida qo‘sh qator usulida ekilgan makkajo‘xori o‘stirilmoqda. Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejovchi zamonaviy usullarni amalda qo‘llashni kengaytirishga qaratilgan farmon va qarorlari asosida tomchilatib sug‘orishdan foydalanilmoqda.
Eng muhimi, mazkur sa’y-harakatlar avvalambor qishloq yoshlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, jo‘xori maydonining 50 gektari vazirlik o‘z otalig‘iga olgan 200 nafar pishog‘arlik yoshlarning 100 nafariga 50 sotixdan taqsimlab berilgan.
E’tiborlisi, yangi yerlarni o‘zlashtirish, unga ishlov berish, urug‘lik sotib olish va ekish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish, ekinni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, zararkunandalardan himoya qilish kabi masalalar bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanmoqda.
Yetmish yoshdan oshgan faxriy pedagog va agronom Mirzoulug‘ Haydarov viloyatda ko‘pchilikka yaxshi tanish. Uzoq yillar talabalarga ta’lim bergan, ziroatchilikda katta amaliy maktabga ega otaxon bilan suhbat har doim qiziqarli kechadi.
Yosh dehqonlarning boshqa tengdoshlari bilan bevosita dalaning o‘zida kechadigan muloqot va uchrashuvlari ham ularga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi.
Suv – bu tiriklik asosi, hayot manbai. Qo‘riq yerni o‘zlashtirish jarayonida 8 ta artezian quduq qazilib, obi-hayot chiqarildi. Uzunligi 200, eni 80 metrlik suv havzasi barpo etilib, avval dehqonchilik uchun umuman sharoit bo‘lmagan hududda kafolatli suv ta’minoti tizimi yaratildi. Mazkur suv inshootida to‘plangan suv zarur mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirilib, so‘ng dalaga yo‘naltiriladi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan bu sohada qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilgani ishlarning tez fursatda sifatli amalga oshirilishiga zamin bo‘ldi. Kelgusida mazkur hududlarda shu singari yana kamida 10 ta hovuz barpo etish mo‘ljallanmoqda.
E’tirof etish o‘rinliki, suv havzasi qurilishi bilan hamohang Pishog‘or hududidagi Qangli, Pishog‘or, Yoshlik, Sho‘rcha, Arja, G‘ulba, Mo‘g‘ol, Quduqcha, Achchi, Uzun, Qizilsoy, Baxmatchoy, Sharof Rashidov tumanining Ravot hududidagi Ravot, Nonisangil, Umar kabi qishloqlari hayotida beqiyos o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli amaliy tadbirlar mahalla va oilalarga yangi havo olib kirdi. Umuman, qurilish-ta’mirlash, obodlik ishlari bajarilmagan ko‘cha yoki xonadonning o‘zi qolmadi.
Obod manzillarni aylanib, yana suv bo‘yiga qaytamiz. Nega deganda, bu kabi suv havzalari faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlari va bandlikni ta’minlash nuqtai nazaridan emas, balki qishloqlarning umumiy qiyofasini o‘zgartirish, hudud ahli, ayniqsa, qishloq yoshlari uchun munosib hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish nuqtai nazaridan ham juda muhim ahamiyatga ega.
Shu kuni ushbu go‘zal maskan milliy qadriyatlarimiz, boy madaniyat va san’atimiz, saxovatli zaminimiz ne’matlari, xalqimiz turli sohalarda erishayotgan ulkan yutuqlar, davlatimiz rahbari ilgari surgan besh muhim tashabbus berayotgan natijalar, yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hamjihatlik, millatlararo totuvlik bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lgan katta sahna tusini oldi.
Bayram ishtirokchilari Pishog‘ar va Ravot qishloqlaridagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan hujjatli film bilan tanishishdi. Yoshlar festivali ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati o‘qib eshittirildi.
Yoshlar festivali, 3 avlod uchrashuvi, millatlar aro do‘stlik tantanasi Zomindan to Ravotgacha bo‘lgan qishloqlarda yashab kelayotgan keksa yu yosh barchani barpo etilgan go‘zal va fayziyob maskandagi saylga jamladi.
Yoshlar yaratilayotgan sharoitlardan ruhlangan holda ulardan samarali foydalanishni niyat qilishyapti. Keksalar esa bunday dorilamon kunlarga shukrona aytib, kelajak egalariga oq yo‘l tilab, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lishni ta’kidlashdi. Bu kabi bayramlar, xayrli ishlardan maqsad bir, odamlarni bugunidan rozi bo‘lib, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |