Buxoro shahar Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 805 ta murojaat qabul qilingan.
–Murojaatlarning 1 ming 64 tasi kanoatlantirildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahar Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Bekmurodov. – Shundan 887 murojaat ijobiy yechimini topgan. 177 ta murojaat xuquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilingan. 22 ta murojaat rad qilingan. 24 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan. 36 ta murojaat jarayonda qolgan.
Mazkur murojaatlar tasnifi buyicha tahlil kilinganda uy-joy, yer bilan ta’minlash, ishsizlik, aliment to‘lovi, sog‘likni saqlash, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti va boshqa xizmat sohasidagi masalalarni tashkil qiladi.
–O‘zimga tegishli bo‘lgan uy-joyning kadastr hujjatini tayyorlash uchun barcha kerakli tashkilotlarga murojaat qildim, – deydi Buxoro shahar Otbozor MFY Marg‘osim ko‘chasi 98 uyda yashovchi fuqaro Saida Urazova. – Xalq deputatlari XM-chaqiriq Otbozor qishloq kengashi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilish qarori bilan berilgan uy-joyga egalik qilish to‘g‘risidagi huquqi nusxasini olish maqsadida davlat arxiviga borgan edim. Arxiv xodimlari tomonidan menga tegishli bo‘lgan uy-joyga egalik qilish to‘g‘risidagi qarori mavjud emasligini aytdi. So‘ng men Fukarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga murojaat qildim. Davlat boji va pochta xarajatlarini to‘laganimga qaramasdan ish mening foydamga ijobiy hal bo‘lmasligini bildirishdi. O‘zimga tegishli bo‘lgan uy-joyga egalik qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasini olishda amaliy yordam so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Qabulxona mutaxassislari tomonidan murojaatim yuzasidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borildi. Menga tegishli bo‘lgan uy-joyim egalik qilish to‘g‘risidagi qarori davlat arxivida mavjudligi aniqlanib, karor nusxasi menga takdim etildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, joriy yilning o‘tgan davrida jami 15 ta taqdimnoma kiritilgan. 2 nafar mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etilgan. 1 nafar mas’ulga “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilgan, 19 nafar xodimlar rasman ogohlantirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |