Farg‘ona viloyatining anklav hududi – So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida boshlangan ezgu sa’y-harakatlar bugun o‘z samarasini ko‘rsata boshladi.
Yillarda davomida yig‘ilib qolgan muammolar bosqichma-bosqich hal etilyapti, mahallalar yanada chiroy ochmoqda. Asosiysi, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari natijasida aholining farovonligi oshmoqda, turmush darajasi yanada yaxshilanmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda harbiy idoralari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlari mutasaddilari bilan birgalikda So‘x tumanida bo‘lib, bu yerdagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan samimiy muloqotlar chog‘ida chekka hududga davlatimizning ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibori mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
Sohibkor mahallasida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida barpo etilgan yangi mahalla fuqarolar yig‘ini binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi inson qadri uchun qaratilgan bugungi davlat siyosatining amaliy natijalari So‘x tumanida ham yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etdi.
-Qalbi pok, ko‘ngli ezgulik bilan to‘lgan so‘xliklarning hayotlarini qulaylashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarni obod qilish davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborlaridadir -deya ta’kidladi Xayrullo Bozorov.
So‘x tumanida asfalt yotqizilmagan, ichimlik suvi tarmog‘i tortilmagan mahalla qolmasligini, Rishton-So‘x yo‘lining Qirg‘izistondan o‘tgan qismini yangidan asfaltlash uchun mablag‘ ajratilgani va yaqin muddatda ishlar boshlab yuborilishini, tumanda 100 o‘rinli yangi sihatgoh hamda zamonaviy bolalar dam olish maskani qurilishi uchun Prezidentimiz ko‘rsatmalari bilan katta mablag‘ ajratib berilganini ma’lum qildi.
Mahalliy tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hamda viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan barpo etilgan yangi mahalla binosi uchun 480 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
“Devayron” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-umumta’lim maktabi 50 yildan ortiq davrda ilk bor ta’mirlandi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 900 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Viloyat hokimi bu yerda bo‘lib, maktab jamoasi bilan suhbatlashdi, zamonaviy maktabda ta’lim sifatini ham oshirish dolzarblik kasb etishini ta’kidladi.
Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari bilan ham tanishdi. Viloyat rahbari bilan suhbat chog‘ida o‘quvchilar hamda pedagoglar, yaratib berilgan sharoitlar hamda o‘zlariga bo‘lgan yuqori e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Viloyat hokimi maktab jamoasi hamda mahalla faollari bilan suhbat asnosida ko‘tarilgan masala doirasida maktab o‘yingohini ham ko‘zdan kechirdi. Qisqa muddatda o‘yingohga zamonaviy sun’iy chim yotqizish hamda atrofini devor bilan o‘rash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq berildi.
“Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi katta shodiyonaga aylandi. 3,8 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan ushbu maskan zamon talablari darajasida yuqori saviyada qaytadan tashkil etildi, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta’minlanib, yetuk, barkamol kelajak avlodni tarbiyalashda tumandagi namunali muassasalardan biriga aylandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari qamrovini kengaytirish borasidagi ishlar natijasida mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi So‘x tumanida ham bu borada ijobiy natijalarga erishildi. Ikki yil avval 35 foizga yetmagan maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi, bugungi kunga kelib 74,5 foizga yetdi.
Viloyat hokimi muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bilan tanishdi. Tarbiyalanuvchilar turli she’rlar o‘qib, ertaklarni sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Chashma mahallasida barpo etilgan 4 qavatli 24 xonadonli yangi turar-joy foydalanishga topshirildi.
bugungi kunda tumanning “Chashma”, “Navobod” va “Devayron” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida 7 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Viloyat hokimi ushbu binolardagi jami 220 ta xonadonning 170 tasi ehtiyojmand oilalarga ajratilib, dastlabki badali to‘lab berilganini qayd etib, bu ham davlatimiz rahbarining so‘xliklarga bo‘lgan alohida g‘amxo‘rliklari natijasi ekanini ta’kidladi.
Yangi uylarda ikki xonali xonadonlarning narxi 170 million, 3 xonali xonadonlar narxi esa 200 millionni tashkil etib, xonadon egalariga dastlabki to‘lovdan qolgan qismi uchun 20 yil muddatda to‘lash sharti bilan 7 foizlik ipoteka kreditlari taqdim etilgan.
Viloyat hokimim Istiqlol mahallasida yashovchi 87 yoshli Subhiddin ota Sharofiddinov xonadonida bo‘ldi.
Qirq yildan ziyod boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan otaxon, bugungi kunda farzand va nabiralari bag‘rida umrguzaronlik qilib kelmoqda. Otaxon she’riyat sohasida ham barakali ijod qilib keladi.
Viloyat hokimi bilan samimiy muloqot chog‘ida otaxon o‘z hayot yo‘li hamda bugungi turmush haqida shukronalik bilan gapirib, so‘nggi yillarda So‘x tumanida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarish va yangilanishlar aholining kayfiyatini ko‘tarayotganini, davlatimiz rahbarining tumanga bo‘lgan alohida e’tiborlari natijasi insonlar hayotida yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etdi.
Viloyat hokimi shuningdek, ushbu hududda yangi tashkil etilgan savdo do‘koni hamda dorixona ochilishida ham ishtirok etdi.
Darhaqiqat, Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bugun eng chekka hududning yangi davrini boshlab berdi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bundan darak bermoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |