Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi yuzasidan joylarda jamoatchilik nazoratini ta’minlash” loyihasi g‘olib bo‘lgan edi.
Joylarda jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar Xӯjayli tumanida “Obod mahalla” dasturining ijrosi bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tumandagi “Navrӯz” hamda “Qumbiz” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti, jumladan, transformatorlar va nimstansiyalar holatini yaxshilash, aloqa va axborotlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, aholiga gaz yoqilg‘isini uzluksiz yetkazib berish, ichki avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, transport to‘xtash bekatlarini rekonstruksiya qilish, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu ishlarga 13 milliard 7 million sӯm mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, “Navrӯz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 3,2 kilometr ichki avtomobil yo‘li ta’mirlanib, 2 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi. 200 ta tungi yoritish uskunasi o‘rnatilib, 300 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt kӯchati ekildi.
Dastur asosida noqonuniy qurilgan 54 ta ob’ekt buzilib, 8 kilometr yo‘l bo‘yini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, hududda 3 kilometr 0,4 kV havo liniyasi tortilib, 28 tayanch ustuni ӯrnatildi. Isitish mavsumi oldidan 8 ta gaz taqsimlash punktini va 6,2 kilometr gaz tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, 2,4 kilometr suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirildi.
– Dasturga kiritilgandan sӯng hududimiz qiyofasi tubdan ӯzgardi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘inda istiqomat qiluvchi Ӯktam Nazarov.
– Kӯchalarimiz asfaltlanib, tungi yoritish uskunalari o‘rnatildi. Ӯzimiz ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borayapmiz.
Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ikkita umumiy ӯrta ta’lim maktabi bӯlib, shundan 28-umumiy ӯrta ta’lim maktabining 460 nafar ӯquvchiga mӯljallangan qӯshimcha binosida qurilish ishlari olib borilmoqda.
“Karakalpak Windows” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan olib borilayotgan maktab qurilishi Ӯzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.
Dastur ijrosini ta’minlash doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |