Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021 yilda 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga birinchi marta byudjetdan 50 milliard so‘m ajratiladi, degan edi.
Ushbu gaplar bugun hududlarda o‘z ijobatini topa boshladi.
Xususan, Qashqadaryo viloyati hokimi ishtirokida viloyatdagi 10 nafar chin yetim yoshlarga uy-joylar kalitlari topshirildi va 100 nafar talaba xotin-qizning o‘qishi uchun shartnoma pullarini to‘lab berish bo‘yicha sertifikatlar taqdim etildi.
Qarshi shahridagi “IT-texnopark”da bo‘lib o‘tgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida uy-joylarga ega bo‘lgan va kontrakt pullari to‘lab berilgan yoshlar bilan suhbatlashdik. Ular dillarida kechayotgan shukronalik tuyg‘ularini izhor qildi.
– Ancha yillardan beri yechilmay kelgan muammo hal bo‘ldi, – deydi Behro‘z Ahmedov. – Bizga ham uy-joy ajratildi. O‘zimizning eshigimiz, o‘zimizning tomimiz, xavotirsiz, hadiksiz, fasllarning injiqliklaridan qo‘rqmasdan yashaydigan vatanimiz bor endi. Bu men uchun juda katta voqea, bir so‘z bilan aytganda tarixiy kun.
Prezidentimizning tashabbusi va e’tiboridan minnatdormiz. Haqiqatda yolg‘iz emasligimni his qildim. Ortimda qo‘llab-quvvatlovchi buyuk davlatim borligidan ich-ichimdan quvondim. Yosh oilamiz. Bir nafar farzandim bor. Ota sifatida endi farzandim o‘z uyida, erkin va quvnab yashashidan baxtiyorman.
Shu kunga qadar o‘tayotgan har bir kun men uchun mashaqqat edi. Ijarama-ijara sarson yurardik. O‘z uying bo‘lganiga nima yetsin. O‘zim “Sho‘rtangazkimyo” majmuasida ishchiman. Bor kuchim va matonatim bilan vatanim ravnaqiga hissa qo‘shish oldimdagi eng ulug‘ vazifamdir.
– Qarshi shahridan sizlarga ikki xonali uy ajratildi, ertaga kalitlarni viloyat rahbarining shaxsan o‘zi topshiradi, deyishganda tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmadi, – deydi Farhod Xolmurodov.
– Quvonchimni, hayajonni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Uysiz yashash og‘ir ekanini oilali bo‘lganimdan keyin ko‘p bora his qildim. Nihoyat orzularimiz ro‘yobga chiqdi. Biz ham uyli bo‘ldik. Bu imkoniyat, qo‘llab-quvvatlovdan, mamlakat rahbarining e’tiboridan boshimiz ko‘kka yetdi.
– Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ikkinchi bosqichda o‘qiyman, – deydi Gavhar Jumanazarova.
– Oilaviy muammolar sabab kontrakt pulini to‘lashga qiynalayotgan edik. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan biz yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, shartnoma pullarimiz to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Ana shu imkoniyatni beruvchi sertifikatlar taqdim etildi. Endi ko‘nglim xotirjam. O‘qishimni xavotirsiz davom ettiraman. Davlatimning bu ko‘magiga javoban kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishni dilimga tukkanman. Shu yo‘lda astoydil harakat qilaman.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |