2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar viloyat prokurori nazoratida

Andijon viloyati prokurori G‘ayratjon Fozilov Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish, odamlarni murojaat qilishga majbur qilayotgan muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan muhim vazifalardan kelib chiqib, viloyat prokurori tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning turli masalalar yuzasidan  murojaatlari eshitildi.

Viloyat prokurori sayyor qabulga kelganlarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan shior jamiyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, murojaat qiluvchilarga ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha taklif, e’tiroz va mavjud muammolarni ochiq-oydin bayon etishlarini so‘radi.

Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 50 dan ziyod murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning 33 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Jumladan, murojaat qilgan fuqarolarning 4 nafariga nogironlik aravachasi, 5 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga bepul davolanish uchun yo‘llanma, 1 nafariga maxsus xassa, 2 nafariga tikuv mashinasi, 1 nafariga kompyuter jamlanmasi, 10 nafariga suyultirilgan gaz baloni,  4 nafar fuqaroga uyini ta’mirlash uchun qurilish mollari berildi, 1 kishi ishga joylashtirildi,

Shuningdek, sayyor qabulda qo‘shimcha o‘rganish yoki bajarilishi ma’lum muddat talab etadigan 19 ta murojaat ijrosini ta’minlash mudasaddi idoralar rahbarlariga topshirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

01.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar