Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, "Yangi O‘zbekiston" massivlarini barpo etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
– Bugungi yig‘ilishda hududlarda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarda aholimiz tomonidan ko‘p ko‘tarilgan ikkita muhim masalani ko‘rib chiqamiz. Kun tartibidagi birinchi masala, bu – aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash hisoblanadi. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlarimiz aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilgan, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etilgan. Bu raqamni oldingi yillarga solishtirganda 10 martadan ham ko‘p demakdir.
Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda, aholimiz kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 30 yilda Namangan, Termiz va Xonobod shaharlari aholisi 2, Qarshi, Jizzax, Marg‘ilon, Nukus, Andijon, Zarafshon va Quvasoy aholisi 1,5 baravarga o‘sgan.
– Samarqand va Namangan shaharlari aholisi 1 milliondan oshadi, bu ham haqiqat. Bularni inobatga olib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |