Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda DXA viloyat boshqarmasi boshlig‘i Begzod Safarov 2021 yilning 9 oyi davomida tuman va shaharlar Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 150 dan ortiq turda davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida hududlardagi markazlar tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 244 ming 381 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 54 mingtaga ko‘p deganidir.
– Tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hisobot davrida 4299 ta tadbirkorlik su’bekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning 8 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona, 3236 ta yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektidir, – deydi boshqarma boshlig‘i Begzod Safarov. – Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 8251 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, unda 138 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Matbuot anjumanida FHDYO bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham sarhisob qilindi. Ta’kidlanganidek, FHDYO bo‘limlari tomonidan 22141 ta tug‘ilish, 8038 ta nikoh, 1019 ta ajrim, 4547 ta o‘lim holatlari qayd etilgan.
Joriy yil o‘tgan davrida boshqarma tomonidan 85 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, 84 nafar mas’ul xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Matbuot anjumani ishtirokchilari Karmana tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Matbuot anjumani va press-tur doirasida OAV vakillari va jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |