2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Нar bir murojaat – domiy e’tiborda

Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligida aholi murojaatlari bo‘yicha tuman hokimi, 1-sektor rahbari Alisher Abdug‘aniyev sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va fuqarolar ishtirok etdi.  

Tumanda haftaning har shanba kuni aholi murojaatlari bilan ishlash, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardu muammolarini tinglash, ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar joyida bartaraf etish ana’anaga aylangan.

Tuman hokimi qabuliga kelgan fuqarolar asosan imtiyozli kredit olish, sog‘ligi borasida malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmandlik, turar joy ta’miri, doimiy ish o‘rinlari bilan bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish kabi masalalarda murojaat qildi. Murojaat qiluvchilar tomonidan berilgan og‘zaki va yozma arizalar o‘rganilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning 65 foizdan ortig‘i mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda joyiga borib bartaraf etish choralari ko‘rildi. Murojaatlarning 15 foiziga huquqiy tushunchalar berildi. Ayrim murojaatlar tegishliligicha  yuqori tashkilotlarga yo‘llandi. O‘rganilishi va hal etilishi ma’lum vaqt talab qilgan 20 foizdan ortiq murojaatlar yuzasidan idora hamda tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.  

– Sizlardan qabul mobaynida kelib tushayotgan har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Qilingan hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Har bir murojaatni ijobiy hal qilish, fuqarolarimiz turmush darajasini oshirish, sharoitlarini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash har bir sektor rahbari va hokim sifatida mening vazifamdir. Tumandagi, aholi o‘rtasidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarning  bartaraf etilishi, ijobiy natijalarga erishilishi shaxsan mening doimiy nazoratimda bo‘ladi. Men sizlarga xizmat qilish va sizlarni rozi bo‘lishingizni ta’minlash maqsadida tuman hokimi vazifasida, lavozimida faoliyat olib borayapman, – dedi Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev.  

14.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar