Buxoroda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida turli millat vakillaridan iborat kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari, faxriylar holidan xabar olindi.
Mas’ullar rus millatiga mansub Buxoro shahrida yashovchi 64 yoshli fuqaro Nadejda Gaydar xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi. Bir umr maktabda o‘qituvchilik qilib yosh avlodga tarbiya berib kelgan onaxon, kasallik sabab besh oydirki to‘shakda yotib qoldi. Nafaqada bo‘lishiga qaramay rus milliy mdaniy markazi rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nadejda opaga aravacha hamda 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
– Juda xursand bo‘ldim, – deydi Nadejda Gaydar. – Shunday yaxshi kunlarda meni so‘roqlab kelganlarga va davlat rahbariga o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman.
Buxoro shahridagi Sherbudin ko‘chasida yashovchi turk millatiga mansub Niyaz Basalov bolaligidan tug‘ma nogiron. Otasining vafotidan so‘ng, Niyaz bobosi va buvisi bilan yashaydi. “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida mas’ullar Niyaz Basalovning ham holidan xabar olishdi. Unga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Viloyat hokimligi mas’ullari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, viloyatda faoliyat olib borayotgan noislomiy tashkilot, milliy madaniy markaz vakillari rus millatiga mansub Buxoro shahrida yashovchi Raisa Berdiyev xonadonida ham bo‘ldi. Uning yashash sharoitni o‘rgandi. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli vositalar tarqatildi.
– 4 yoshimda onam bilan Germaniyaning konslagerida bo‘ldik, – deydi Raisa Berdiyev. – 4 yildan so‘ng konslageridan chiqib, taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga keldim. Bu mehmondo‘st, mehribon yurt meni quchog‘iga oldi. Shu yerda o‘zbek millatiga mansub yigitga turmushga chiqdim. 2 nafar farzandli bo‘ldim. Bolalar bog‘chasida ishladim. Shu yurtda yashayotganimdan xursandman. Doimo e’tibor va e’zozdaman.
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida 20 ga yaqin xonadonda yashovchi turli millat vakillaridan iborat kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari, faxriylar holidan xabar olindi. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli vositalar tarqatilmoqda. Ular tomonidan mavjud tomorqa va yer maydonlariga turli mevali daraxtlar va archa ko‘chatlari ekilayapti.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |