2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi – xalqimiz xizmatida

Xalq qabulxonalari odamlarning dardu tashvishini tinglab, muammolariga yechim topishda eng samarali, ishonchli va qulay tizimga aylandi.

Konstitutsiyamizda ham bosh maqsadimiz – faqat kuchli huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat barpo etish ekani alohida belgilab qo‘yilgan.

 Shunday ekan, Xalq qabulxonalari bu yo‘nalishdagi konstitutsiyaviy normalarni hayotga joriy etishga, xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda barcha darajadagi rahbarlarning fuqarolar bilan ochiq, oshkora muloqoti yo‘lga qo‘yilib, aholining haqli talablarini hal etish va ehtiyojlarini aniqlash, hayotidan rozi bo‘lib yashashiga ko‘maklashish muhim vazifa sifatida belgilab olindi. Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulug‘vor g‘oya rahbarlarning murojaatlar bilan ishlash mas’uliyatini oshirdi. Keyingi besh yilda yuz bergan bu yangilanishlar odamlarning bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshiroq yashashga bo‘lgan ishtiyoqini ro‘yobga chiqarish uchun qulay muhit, keng imkoniyat yaratdi.

Endilikda hayotning o‘zi aholi murojaatlariga munosabatni tamomila o‘zgartirib, hatto ularning ijrosi qay darajada bajarilayotganini chuqur tahlil qilishni taqozo etmoqda. Natijalari hokimlik yig‘ilishlarida, mahalliy kengashlar sessiyalarida muhokama etilayotir. Bularning barchasi yurtimizda qisqa davrda yuz bergan beqiyos yangilanishlar, shu jumladan, ochiqlik va oshkoralikning amaldagi samaralaridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Prezidentimizning virtual va viloyatdagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 166 ming 113 ta murojaatning 155 ming 583 tasi ko‘rib chiqilib, 140 ming 51 tasi qanoatlantirilgan. 86 770 tasi ijobiy hal etilgan. Aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan bu masalalarning 38 ming 82 tasi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonalariga tushgan bo‘lib, ularning 33 ming 875 tasi yoki 97,8 foizi qanoatlantirilgan. Bundan besh yil oldin bir viloyatda bir yilda yuz mingdan ortiq insonning muammosi yechim topganini tasavvur qilarmidik? Yoki odamlar duch kelgan masalasini rahbarlar oldiga tortinmasdan ko‘ndalang qo‘ya olarmidi? Yo‘q, albatta. Chunki, yurtimizda aholi murojaatlarini tinglash va hal etishga hozirgidek e’tiborning o‘zi yo‘q edi.

Xo‘sh, voha ahli qanday yo‘nalishlar bo‘yicha Xalq qabulxonalariga ko‘proq murojaat etmoqda? Tahlillarga ko‘ra, yilning o‘tgan davrida 18 ming 190 ta murojaatda 18 yoshgacha bolalar nafaqasi so‘ralgan. 6 ming 557 murojaatda uy-joy ta’minoti, 6 ming 387 tasida aliment undirish, 4 ming 860 tasida ish bilan, 4 ming 173 tasida maishiy gaz balon bilan ta’minlash, 3 ming 677 tasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurishda yordam so‘ralgan. Ichimlik suv va elektr energiyasidagi muammolar, uy-joyni ta’mirlash, davolanishga ko‘maklashish, moddiy yordam,tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kredit olish va yer ajratish bilan bog‘liq murojaatlar ham talaygina. Masalan, Xalq qabulxonasiga Boysun tumanidagi Tuzbozor mahallasida yashovchi 100 dan ortiq aholi xonadoni tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berilmayotgani haqidagi murojaat kelib tushdi. Mazkur jamoaviy murojaat Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olingach, «Boysuntumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilgan va aholiga tushuntirish berish bilan cheklangan. Xalq qabulxonasida murojaat nazoratdan yechilmay, Xalq deputatlari Boysun tuman kengashiga shu yil 15 oktyabrda aholi muammolari yuzasidan axborot kiritilganida mazkur masala ko‘rsatib o‘tilgan. Masala «Boysuntumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan qayta o‘rganilib, xonadonlarga ASKUG tizimiga mos zamonaviy gaz hisoblash asbobi o‘rnatilishiga ruxsat berildi. Tabiiy gazga ulanishi ta’minlandi.

Tumanning Shirinobod mahallasida istiqomat qiladigan K.Eshonqulov Xalq qabulxonasiga murojaat etib, mahalliy hokimlik nogironlar va kasalmandlarga dori-darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatayotganini, lekin 21 marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bo‘lsada, bu fuqaroga na tuman hokimligi, na sektor yoki mahalla tomonidan moliyaviy ko‘mak berilmaganini ma’lum qilgan. Turmush sharoitini o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan. Bu murojaat muallifi uchun sektor rahbarlari ishtirokida alohida shaxsiy qabul tashkil etildi. Uning fikr-mulohazalari tinglanib, davolanishi uchun 15 million so‘m mablag‘ berildi. Oltinsoy tumanidagi Jobu mahallasilik Abdirejab Odinayev va boshqalar ko‘chaga ichimlik suv tarmog‘ini ulab berish, ichki yo‘llarga tosh to‘kib ta’mirlash, aholiga zamonaviy qishloq oilaviy poliklinikasi va maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish masalasida murojaat qildi.

Ular o‘rtaga tashlagan bu masalalar o‘rganilib, ko‘chaga ichimlik suv tarmog‘i tortildi. Ichki yo‘llarga tosh to‘kilib, ta’mirlandi. Mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan qishloq oilaviy poliklinikasi qurilishiga poydevor tashlandi. Bolalar bog‘chasi qad rostladi. Xalq qabulxonasi va sektor rahbari tomonidan hududdagi boshqa muammolar ham o‘rganilib, yechimi topildi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, xalqimizni qiynayotgan ko‘chalarni ta’mirlash, ichimlik suv, elektr energiyasi ta’minoti kabi muammolarning aksariyati uzoq yillar davomida to‘planib qolgan masalalardir. Misol uchun, mustaqillik yillari ichki yo‘llarni ta’mirlashga talab darajasida ahamiyat berilmagani sababli ayrim qishloq ko‘chalari yaroqsiz holga kelgan. O‘tgan tuzumda o‘rnatilgan suv quvurlari chirib qolgan. Elektr energiyasi yetkazib beradigan sim yog‘ochlar o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan. Yoki mahallalarda aholi soni keskin ortib, yangi uy-joylar qurilayotgani natijasida o‘rnatilgan elektr transformatorlari kuchlanishi yetmay qolgan.

Ayni paytda shunday hududlarda istiqomat qilayotgan aholi huquq va erkinliklari ta’minlanayotganidan foydalanib, munosib turmush kechirish uchun bu masalalar yechimini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Jumladan, Angor tumanidagi Kattaqum mahallasida yashaydigan bir guruh fuqarolar Xalq qabulxonasiga Taraqqiyot ko‘chasi hududida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni ma’lum qildi. Ichki yo‘llarga shag‘al yotqizishda yordam berishni so‘radi.

Murojaat tegishli tartibda o‘rganilgach hududdagi 160 kuchlanish hajmga ega transformator yonidan qo‘shimcha 400 kuchlanishdagi transformator o‘rnatilib, 1 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoq tortib berildi. Mahallaning «MJK» deb nomlanuvchi hududida 1 kilometr yopiq kabel va 2 kilometr elektr tarmoqlari tortildi. Qo‘shimcha 17 ta elektr beton ustun o‘rnatildi. Taraqqiyot ko‘chasidagi 700 metr ichki yo‘lga tosh-shag‘al yotqizildi.  Yangi O‘zbekistonning Xalq qabulxonalari bugun fidoyi xalqimizning tom ma’nodagi dardu-tashvishini tinglab, quvonchlariga sherik bo‘ladigan, ular duch kelayotgan muammolarni ishonchli hal etadigan o‘ziga xos tuzilmaga aylandi. Hokimiyat va xalq o‘rtasida ochiq, shaffof muloqot qilish tizimini yaratdi. Bunday ulug‘vor, ezgu ishlar joylarda qonun ustuvorligini ta’minlab, odamlarni rozi qilish, ularning ertaga emas, aynan bugun yaxshi yashashi, munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

 

Abdulhakim ESHMURODOV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri

07.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar