2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: murojaatlarning aksariyati joyida hal bo‘ldi

Mamlakatimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali odamlarning dardu-tashvishini tinglab, yechimini topishga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yilgani inson huquq va manfaatlarini ta’minlab, joylarda o‘rtaga tashlanayotgan masalalarni hal etishda o‘z samarasini berayotir. Xalqimizning bugungi kundan rozi bo‘lib, to‘kin va obod turmush kechirishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov ham Surxondaryo viloyatida aholi bilan ochiq muloqot qilish, muammolarni eshitish, ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan fikri, e’tirozi va takliflarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqotda aholi suv ta’minotidagi muammolar, suyultirilgan gaz ballon bilan ta’minlash, elektr sim ustuni o‘rnatish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun bank krediti olish, uy-joyning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, bolalar nafaqasi tayinlash, o‘zini-o‘zi band qilish uchun duxovka olishga yordamlashish kabi masalalarda murojaat etdi.

Termiz tumanidagi Termiz mahallasida yashovchi M.Qunduzova hudud aholisi suyultirilgan gaz bilan ta’minlangani, qaynonasi bilan bir uyda yashayotgani uchun bitta suyultirilgan gaz balon butun boshli ro‘zg‘orga yetmayotganini ma’lum qildi. Uy-joyning bitta kadastr hujjati bo‘lgani uchun boshqa suyultirilgan gaz balon berilmayotganini aytdi. Bu masala joyida o‘rganilib, M.Qunduzovalar oilasi alohida ro‘zg‘or bo‘lgani uchun gaz balon yetkazib berish masalasi yechimini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmuradovning ta’kidlashicha, vohada bitta uy-joyda bir nechta oila yashayotgani va ularning aksariyati qo‘shimcha suyultirilgan gaz baloniga ehtiyoj sezayotgani o‘rganilib, joriy yilda yetti mingta gaz balonga buyurtma berilgan. Yilning o‘tgan davrida besh mingta suyultirilgan gaz baloni olib kelinib, talabga qarab, ta’minlanmoqda.

Sayyor qabulda Termiz shahrida istiqomat qiladigan O‘.Nurmatova, T.Allayorovalar toza ichimlik suv bilan bog‘liq masalalarni o‘rtaga tashladi. Tuproqqo‘rg‘on mahallasilik O‘.To‘ramurodova otasi 1 guruh nogironligini aytib, o‘zi vaqtincha ishsiz ekanini ta’kidladi. O‘zini o‘zi band qilish uchun turli pishiriq tayyorlab sotishni yo‘lga qo‘ymoqchiligi, buning uchun duxovka xarid qilishga ham mablag‘i yetmayotganini ma’lum qildi. Shu yerning o‘zida unga shahardagi birinchi sektor mutasaddilari tomonidan elektr duxovkasi topshirildi. Fuqaro Sh.Qurbonov «Har bir oila tadbirkor» loyihasi doirasida «Agrobank»dan 18 million kredit ajratilishida, F,Nuriddinova esa bolalar nafaqasi tayinlanishida yordam so‘radi. 

Bu masalalar ham soha mutasaddilari ishtirokida ko‘rib, chiqilib qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Termiz davlat universiteti talabasi Sh.Abdiqodirova axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim olayotgani, lekin oilada kompyuter bo‘lmaganligi uchun sohani chuqur o‘zlashtirishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. Kompyuter xarid qilishga yordam berishni so‘radi. Talaba qizning murojaati shu yerning o‘zida qanoatlantirilib, unga kompyuter topshirildi.

Viloyatda ikkita televideniye, bitta radio, 35 ta gazeta-jurnal va ikkita internet nashr faoliyat yuritib, vohada yuz berayotgan kundalik o‘zgarishlar va yangiliklarni aholiga yetkazmoqda. Joriy yilda «Surxon tongi» va «Zarya surxona» gazetalari birlashgan tahririyati zamonaviy usulda barpo etilgan yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. 

Vohadagi OAVlar tahliliy maqolalar, eshittirish va ko‘rsatuvlar bilan odamlar, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida nasr va nazmda ijod qilishga intilish, ishtiyoq oshib borayotir. Ochiq muloqotda ana shunday ijodkor yigit-qizlar mamlakatimizda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z salohiyatini namoyish etishiga qaratilayotgan e’tibor haqida faxr bilan fikr yuritdi. Ijod namunalarini, kitob holida nashr qilish masalasini o‘rtaga tashladi.

– Yosh iste’dodlar ijodidan namunalarni jamlab, to‘plam holida nashr ettirishga tayyorlaganmiz, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi D.Jumayeva. – Lekin, mablag‘ yo‘qligi sababli ikki yildan buyon nashr etilmayapti. Sayyor qabulda shu masalada yordam so‘ragan edik, homiylik asosida chop etiladigan bo‘ldi. Buning uchun so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibordan minnatdormiz.

O‘tayotgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan surxondaryolik mashhur shoir, marhum Shafoat Rahmatullayev yashagan xonadon tubdan ta’mirlanib, oila a’zolari uchun barcha zamonaviy sharoit yaratib berildi. Shuningdek, keksa jurnalist To‘ra Qobilovga kam ta’minlangan, uy-joyga ehtiyojmand 100 oila uchun zamonaviy usulda qurilgan ko‘p qavatli arzon uy-joydan xonadon ajratildi. Boshlang‘ich to‘lovi homiylar mablag‘i hisobidan to‘lab berildi. Sayyor qabul chog‘ida keksa jurnalist xalq qabulxonasiga kelib, xonadonning kadastr hujjatlari tayyorlanib, nomiga rasmiylashtirilganini quvonch bilan ma’lum qildi. Bunday g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ochiq muloqotda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan aniq muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Sayyor qabul doirasida mehmonlar keksa jurnalist To‘ra Qobilovga berilgan yangi xonadonni borib ko‘rdi. Viloyat «Surxon tongi» va «Zarya surxana» gazetalari birlashgan tahririyatining yangi binosi, zamonaviy bosmaxonasi bilan tanishib, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

11.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar