2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar doimiy e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 ming 316 ta masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 217 taga yoki 19,7 foizga ko‘p. Muammolarning 925 tasi yoki 96,6 foizi qanoatlantirilgan bo‘lsa, shundan 745 tasi yoki 77,8 foizi ijobiy hal qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan rejaga asosan sektor rahbarlari tomonidan 181 ta ommaviy sayyor qabullarda 634 ta murojaatlar qabul qilingan. 581 ta yoki 91,6 foiz masalalar qanoatlantirilgan. Shundan 468 tasi yoki 73,8 foizi ijobiy hal qilingan.

Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan 81 ta murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgan. Shundan 66 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan.
– Kogon shahar Xalq qabulxonasi tomonidan Kogon shahar sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyatini tizimli o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan jami 35 ta taqdimnoma va takliflar kiritilgan, – deydi Xalq qabulxonasi mudiri H.Hakimov. – 58 nafar mas’ullarga intizomiy, ya’ni 2 nafari lavozimidan ozod qilingan. 5 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi e’lon qilingan. 51 nafar xodim ogohlantirilgan.

– Yoshim 70 dan oshganligi yurishga qiynalayotganligi sababli o‘zim va turmush o‘rtog‘im Mansur Sodiqovning nafaqa (pensiya) pullarini uyiga keltirib berishlarida amaliy yordam so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qilgandim, –deydi Kogon shahar Furqat MFY Zafarobod ko‘chasi 71-uy Norbibi Sodiqova. – Murojaatim Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan ijobiy hal qilindi. Xalq banki Kogon shahar filiali xodimlari tomonidan nafaqa pullarim uyimga keltirib berilishi yo‘lga qo‘yildi.

– Buxoro viloyati hokimining sayyor qabulida ichimlik suvi ta’minotiga ulab berishlarini va hisoblagichimni o‘rnatilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgandim, – deydi Kogon shahar B.Sharif MFY Elobod ko‘chasi 8-uyda yashovchi Farida Murodova. – Murojaatim joyiga chiqib o‘rganildi. Gaz va elektr ta’minotiga ulash yangi hisoblagichlarini o‘rnatish zarurligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasi xodimlari gaz, elektr va ichimlik suvi ta’minoti xodimlarini jalb qilgan holda mening murojaatim ijobiy hal qilindi.

– 2-sektor rahbarining sayyor qabulida turmush o‘rtog‘im bilan ijarada yashayotganligim sababli uy-joy bilan ta’minlashni so‘rab murojaat qilgandim, – deydi Kogon shahri Furqat MFY Konchilar ko‘chasi 3-uy 11-xonada yashovchi Irina Kuznetsova. – Murojaatim joyiga chiqib o‘rganildi. Mening turmush o‘rtog‘im Said Halimov 1-guruh nogironi ekanligi va nogironlik aravachasiga muhtojligi ham aniqlandi. Kogon shahridagi Xalq qabulxonasi xodimlari turmush o‘rtog‘imga nogironlik aravachasi olib berib murojaatimni ijobiy hal qilishdi. Men va turmush o‘rtog‘im uy-joy bilan ta’minlandi. Bizga yashash uchun Kogon shahar hokimiga kiritilgan tavsiyasi asosida Madaniyat ko‘chasi 24a uydagi ijtimoiy yotoqxonadan xona ajratib berildi.

– Xalq qabulxonasiga jamoatchilik asosida ishlovchi ishchilar nomidan murojaat qilib, oylik ish haqi kechiktirib berilayotganligidan noroziligimni bildirgandim, – deydi Kogon shahar Beruniy MFY Tashabbuskor ko‘chasi 21-uyda yashovchi Ziyodullo Botirov. – Xalq qabulxonasining xodimlari aralashuvi natijasida oylik ish haqlarimizni o‘z vaqtida berishlarida amaliy yordam berildi. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 70 nafar jamoatchilik asosida ishlovchi ishchilarning oylik ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berildi.

13.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar