Bugundan Samarqandda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sessiyalarida hokimlar joriy yil yakunlari va 2022 yilning ustuvor vazifalari yuzasidan aholiga murojaat qilmoqda.
Jumladan, Samarqand shahar Kengashining sessiyasida shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida Samarqand shahri aholisiga murojaat qildi.
Murojaatda shaharda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish (tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini yaxshilash) borasida amalga oshirilgan loyihalar, jalb qilingan investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, yaratilgan ish o‘rinlari, foydalanishga topshirilgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining, jumladan, byudjet daromadlarining oshishiga qo‘shgan hissasi va natijadorligi haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda shaharda qiymati 130 million AQSH dollariga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
38 million dollar, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari 1 ming 588 taga) teng 11 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
2021 yil yakuni bo‘yicha dastur va dasturdan tashqari qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida bo‘lmagan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga 42 million AQSH dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 108 foizga bajarilishi kutilmoqda.
2022 yilda esa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qiymati 259 million dollar bo‘lgan 10 ta loyiha shakllantirilgan.
Hokim o‘z murojaatida ijtimoiy–iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari, aholi jon boshiga nisbatan o‘zgarishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar, aholi real daromadlarining oshishi singari masalalar xususida va eng muhimi, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
2017-2021 yillarda Samarqand shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida jami qiymati 5,6 trillion so‘mlik 785 ta loyiha ishga tushirildi va 11 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.
2022-2026 yillarda esa qiymati 16,8 trillion so‘mlik 1100 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 15 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish 1,5 trillion so‘mga, xizmatlar hajmi 2,5 milliard so‘mga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sessiyadan so‘ng, shahar hokimining murojaati yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani va yangi faoliyat boshlagan korxonalarga press-tur uyushtirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |