2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi ko‘magida marhum shifokor oilasiga belgilangan kompensatsiya puli to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2021 yilning o‘tgan 11 oyi davomida 25 ming 896 ta masala yuzasidan 22 ming 15 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 22 ming 400 tasi yoki 96,86 foizi qanoatlantirilgan, 17 ming 65 tasi yoki 73 foizi ijobiy hal qilingan. 5 ming 218 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan va 117 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.

– Maqsadimiz – xalq dardini, murojaatlarini tinglash, ularga yechim topish, ularni ijobiy hal qilish, xalq xizmatini qilish va ularning roziligiga erishishdan iborat, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov. – Jizzax shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 8 ming 565 nafar fuqarolarimiz tomonidan jami 11 ming 159 ta murojaat bo‘ldi. 

Ushbu murojatlarning 11 ming 382 tasi yoki boshqacha aytganda 95.5 foizi qanoatlantirildi. 7 ming 838 tasi yoki 65,7 foizi ijobiy hal qilindi. 3 ming 502 ta murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. 42 nafar fuqarolar ko‘targan masalalarni o‘rganilishi ma’lum vaqtni talab qilganligi sababli nazoratga olindi.

Shuningdek, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan o‘tgan 11 oy davomida jami 14 ming 737 ta masalalar yuzasidan 13 ming 450 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 98 foizi qanoatlantirilgan, 9 ming 227 tasi yoki 82 foizi ijobiy hal qilingan, 1 ming 716 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan va 75 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.

– “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi asosida tikuv mashinasi olib tadbirkorlikni boshlash maqsadida joriy yilning aprel oyida “Agro bank” ka ariza bilan murojaat qilgan edim, – deydi Jizzax shahri Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Sarvar Aqulov. – Arizamni “Agro bank” qabul qilib, tasdiqlab, qanaqa hujjat olib kelishimni aytdi. Barcha zarur hujjatlarni shahar hokimligida tasdiqlab berishgach bankka topshirdim. 

Bankdagilar, “Erta keling, indin keling”, deb kredinti berishni cho‘zaverdi. Kafolat xati berishi uchun manitoring tekshiruvi kelishini kutdim. Ta’minotchi bilan shartnoma tuzib qo‘ygandim. Ishim bitmay rosa ovorayu sarson bo‘ldim. Oxiri Prezidentimizning Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. 1 oyga ham qolmay masala ijobiy yechim topdi, 24 million so‘m kredit berildi. Prezidentimiz tashkil qilib qo‘ygan Xalq qabulxonasidagi mutasaddilardan minnatdorman, ko‘pdan-ko‘p rahmat. 

Hozirda tikuv seximda mahallamizdagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kirgan 10 nafar xotin-qizlar tomonidan 4 turdagi erkak va ayollar liboslari tayyorlanmoqda. Asosan buyurtma asosida ish yuritamiz. Mahsulotimizni hozircha faqat ichki bozorga chiqaryapmiz. Bu kreditdan qutilganimdan so‘ng, yana bankdan kredit olib, faoliyatimizni kengaytirmoqchimiz. Qo‘shimcha tikuv, bichuv va boshqa asbob-uskuknalar olmoqchimiz. Shunda ish o‘rni ko‘payib, mahsulot turi ham ortadi.

Shunga o‘xshash murojaat Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahallasi “Rayhon” ko‘chasi, 18-uyda yashovchi Farruxjon Haqberdiyevdan ham bo‘lgan ekan. U asalarichilik yo‘nalishida imtiyozli kredit ajratib berishini so‘rab Sharof Rashidov tuman “Agro bank”iga joriy yilning mart oyida barcha kerakli hujjatlarni topshirib, ammo bir necha oylar davomida bank xodimlari: “Resurs yo‘q” deb bahona qilib kelgan. Yosh tadbirkor Prezidentimizning Sharof Rashidov tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgandan keyingina, “Agro bank” 30 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratib berdi. Hozirda tadbirkor asalarichilik yo‘nalishida faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

– Bizning G‘allaorol tumani “Savruk” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Qilichmozor” qishlog‘idan “Korizquduq” qishlog‘idagi 6-maktabga boruvchi yo‘l oxirigacha shag‘allashtirilmasdan chala tashlab ketilgan edi, – deydi “Qilichmozor” qishlog‘ida yashovchi Haydar Boymurodov. – Bolalarimiz maktabga toza kiyimda ketib, yozda chang tuproqqa, yog‘in-sochinli kunlarda loy suvga botib uyga kelishadi. 

Shag‘al to‘shash oxiriga yetkazilmay qolgani to‘g‘risida mahallaga, yo‘l qurilishiga, obodonlashtirishga ham aytdik. Hech ish chiqmadi. Oxiri Prezidentimizning tumandagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildik, qisqa fursatda yo‘limizni ta’mirlab, shag‘al yotqazib, maxsus texnika yordamida metinday qotirib bosib berdi. Shu qabulxonani yaratib qo‘ygan Yurtboshimizning aziz boshlari omon bo‘lsin.

Xuddi shunga o‘xshash ichki yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan Zafarobod tumanida istiqomat qiluvchi Maysara G‘aybullayevaning ham murojaati Prezidentimizning Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.

– Shifokor bo‘lib ishlagan turmush o‘rtog‘im, marhum Aziz Pardayev kovid bilan og‘rigan bemorlarni davolash chog‘ida o‘zi ham ushbu bedavo infeksiyani yuqtirib olgach, o‘sha shifoxonada ikki bor muolaja oldi, – deydi Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” mahallasida istiqomat qiluvchi Feruza Pardayeva. – Ammo peshonamizga sig‘magan ekan, na iloj ajal o‘z domiga tortib ketdi.

Xalq salomatligi yo‘lida kovid bilan og‘rigan bemorlarni davolash chog‘ida vafot etgan shifokorlarga 250 million so‘m kompensatsiya to‘lanishi lozim ekanligi haqida eshitib, tuman tibbiyot bo‘limiga, keyin viloyat boshqarmasiga va hatto vazirlikkacha murojaat qildim. Lekin bir so‘m ham berilmadi. Noiloj sudga murojaat qildim. 

Sud bir emas 3 marotaba kompensatsiya mablag‘lari to‘lanishi to‘g‘risida qaror chiqarib berdi. Ammo sud qarorini ham ijrosi yuzasidan qayerga bormay, kimga uchramay, masala o‘z yechimin topmadi. Oxiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqovga murojaat qildim. Nihoyat adolat qaror topdi. Masala bir oyga qolmay ijobiy hal etilib, belgilangan kompensatsiya pullarini oldim.

Xalqni tashvishi, dardi, g‘amini tinglaydigan, murojaatini ijobiy hal qilib beradigan, adolatni qaror toptiradigan Xalq qabulxonasini ochib qo‘ygan Prezidntimiz biz fuqarolar baxtiga hamisha omon bo‘lsin, Iloho dunyo turguncha tursinlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonalari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 976 ta murojaatlar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi. Sektorlar faoliyati bo‘yicha 393 ta monitoringlar o‘tkazildi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi mavjud kamchiliklar bo‘yicha davlat idoralariga 180 ta ogohlantirish va ko‘rsatmalar yuborildi. 

Murojaatlar bilan ishlashda hamda sektorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 178 nafar shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritilgan. O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mas’ullarga “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilib, shu kabi xatolikka yana yo‘l qo‘ygan taqdirda, jiddiyroq chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

17.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar