Buxoro viloyati Olot tumani “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘rchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.Po‘latovning ijtimoiy tarmoq orqali qoldirgan murojaati Olot tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.
Fuqaroning murojaatida “Oq Oltin” MFY “Neftchilar” ko‘chasidagi 5 ta xonadonga kirib chiqish uchun yo‘l yo‘qligidan aholi qiynalib kelayotganligi bildirilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda fermerning ekin maydoni orqali kirib chiqayotganligi turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan. Murojaatda yo‘l chiqarishda amaliy yordam so‘ralgan.
– Murojaatni o‘rganish maqsadida tuman Xalq qabulxonasi, tuman hokimligi qurilish va arxitektura bo‘limi va davlat kadastr bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olot tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi E.Rahmatov. – Ishchi guruh tomonidan murojaat atroflicha o‘rganildi. Fuqaro E.Po‘latov va boshqalarning uyiga borishi uchun yo‘l aholi tomorqa yerlaridan o‘zlarining roziligi bilan, chegara nuqtalari belgilab berildi. Yo‘l chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatish hududda faoliyat yuritayotgan «Nurullo Otamurodov» fermer xo‘jaligi rahbari Lutfullo Otamurodov tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.
– Masalamiz ijobiy hal etildi, – deydi fuqaro E.Po‘latov. – 5 ta xonadonga kirib chiqish uchun yo‘l qilib berildi. Qo‘shnilarimiz bilan bu masalada bir necha yildan beri qiynalib kelayotgan edik. Endi bemalol kirib chiqish uchun yo‘limiz bor. Soha xodimlariga masalani ijobiy hal qilganligi uchun minnatdorlik bildiramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga Buxoro viloyati Olot tumani aholisi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularning 3 ming 806 tasi ijobiy hal etilgan. 764 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan. 11 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. 199 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. Ish jarayonida 4 ta murojaatning muddati buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganilmasligi oqibatida 16 ta murojaat takroriy tushgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |