2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryo viloyat hokimi aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qanday hal etishini aytdi

Avval xabar berganimizdek, bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov 2021-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022-yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida voha aholisiga murojaat qildi. Unda viloyat hokimi viloyatda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanib turganiga alohida e'tibor qaratdi.

Viloyatda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanib turibdi.

Shundan kelib chiqib, aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan ta'minlash maqsadida, uy-joy bilan ta'minlash dasturi doirasida 2021 yilda 2 960 ta xonadonli 84 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari boshlanib, hozirgacha 1 792 ta (51 %) xonadon foydalanishga topshirildi, qolgan 1 693 ta (49 %) xonadon esa yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 26 ta qishloq va 4 ta mahallada 1 099 ta ob'ektda 498 mlrd. so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari bajarildi.

Jumladan, 2 047 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 15 ta ko‘p xonadonli uy-joylar ta'mirlanib, atrofi obodonlashtirildi, 409,3 km ichimlik suvi, 216,5 km elektr tarmoqlari va 515,4 km yo‘llarda ta'mirlash ishlari bajarildi, 1 074 dona gaz balloni aholiga yetkazib berildi, 82 ta ijtimoiy soha hamda 170 ta bozor infratuzilmasi ob'ekti yangidan qurilib, ta'mirdan chiqarildi.

Shuningdek, 2022-yilda aholini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida 2 ming 600 ta uy-joylar uchun 729 mlrd. so‘m ipoteka kreditlari hamda 2 mingta uylar uchun 83 mlrd 200 mln. so‘m subsidiyalar ajratiladi.

Mahalliy byudjet daromadlarini oshirib bajarilgan qismi hisobidan 60 ta uy-joy sotib olinadi va ular xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga belgilangan tartibda beriladi.

Aholining uy-joyga bo‘lgan murojaatini o‘rganish, asosli taklif berish va talabga ko‘ra uy-joy bilan ta'minlanishida albatta, mazkur komissiyaning adolatli yondoshuvlariga, takliflariga tayanamiz.

2022-yildan boshlab, “Bog‘dod tajribasi” asosida uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob'ektlarini o‘z ichiga olgan Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi.

Birinchi bosqichda, Koson tumanining “Do‘stlik” va Yakkabog‘ tumanining “Ayg‘irko‘l” MFYlar hududidan ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun yer maydonlari tanlab olindi.

Koson tumani “Do‘stlik” mahallasida 30 ta va Yakkabog‘ tumani “Ayg‘irko‘l” mahallasida 25 ta ko‘p xonadonli uy-joylar, 5 ta ijtimoiy soha ob'ekti quriladi, deya ta'kidladi Murodjon Azimov.

21.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar