2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan tadbirkor to‘rtta ish o‘rni yaratdi

Buxoro viloyati Kogon tumani Qalqon qishlog‘idagi «Kamol Jamol» fermer xo‘jaligi rahbari Azamat Amonov 30 yoshda. Ko‘p yillar Rossiya Federatsiyasida ishlab qaytgan yurtdoshimiz mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tiborni, yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib, qishlog‘ida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qildi.

Azamatning yetarli mablag‘i bor, ammo yer masalasida muammolar kelib chiqishini o‘ylab Kogon tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. 1-sektor rahbari, tuman hokimi qabuliga kirib, baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun qishlog‘idagi qarovsiz yotgan yerdan 1 gektar ajratilishini so‘rab, murojaat qildi.

Murojaati qanoatlantirilib, mutaxassislar yordami bilan baliqchilik faoliyatini boshladi.

– Faoliyatimni kengaytirish uchun yana tuman hokimiga murojaat qildim, – deydi tadbirkor Azamat Amonov. – 42 gektar yer olib unda paxtachilik, g‘allachilik, quyonchilik  va chorvachilikni ham yo‘lga qo‘ydim. Yaqin orada yilqichilik bilan ham shug‘ullanishni rejalashtirganman.

Tadbirkor chorvachilikni rivojlantirish uchun xorijdan «Golshteyn» va «Angus» zotli 2 ta qoramol sotib olgan. Hozirgi kunda ularning soni 43 taga yetdi. Har bir bosh qoramoldan kuniga 20-25 litr sut olib, bog‘cha va maktablarga yetkazmoqda.

Shuningdek, xo‘jalikda «Kaliforniya» zotli quyonlar ham parvarishlanmoqda.

– 15 gektar maydonda paxta yetishtirgan yosh tadbirkor shartnomaviy rejani 120 foizga bajardi, – deydi Kogon tuman Xalq qabulxonasi mudiri S.Mirzayev. – 18 gektar yer maydonda esa bug‘doy yetishtirib, shartnomaviy rejani ortig‘i bilan uddaladi. Shuningdek, bog‘ tashkil etib, 2,5 gektar yerda o‘rikzor, 0,60 gektar maydonda behi ko‘chatlari o‘tqazdi. Natijada, oila a’zolaridan tashqari 4 nafar fuqaroni ish bilan ta’minladi.

23.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar