Mamlakatimizda ijtimoiy kiyin axvolga tushib kolgan, imkoniyati cheklangan kishilarga ko‘maklashish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, imkon darajasida mehnatga jalb etish, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etishiga, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashish hamda ularning haq-huquq va manfaatlavrini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan hamda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotga moslashtirish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Andijon viloyatida so‘nggi yillarda 4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasa rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos 100 o‘rinli davolash-reabilitatsiya maskanlari foydalanishga topshirildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 142 mingta kam ta’minlangan oilalarga mahalliy byudjetdan 480 milliard so‘m ijtimoiy nafaqalar to‘lab berildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining alohida qarorlari bilan viloyatdagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ming 641 ta oilaning 22 ming 506 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun 11 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ moddiy ko‘mak sifatida ajratildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 150 nafardan ziyod murojaat qiluvchilarga 11 turdagi protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi. Pensioner, kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 7 ming 400 nafariga davolash-profilaktika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 656 nafar xotin-qizga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiq tayoq va boshqa turli reabilitatsiya vositalari bepul topshirildi, 92 nafar qiz-ayolga respublika shifoxonalarida murakkab jarrohlik amaliyoti orqali salomatligini tiklash uchun 1 milliard 746 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.
“Ayollar daftari” ga kiritilgan 75 ming nafardan ziyod xotin-qizning muammolari o‘z yechimini topdi, Xususan, ularning muammolarini hal qilish, iqtisodiy islohotlarga jalb qilish maqsadi uchun davlat tomonidan 276 millaard so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan 236 milliard so‘mi 20 ming nafarga yaqin tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarga berilgan imtiyozli kreditdir. Shuningdek, 25 ming 122 nafar ayolni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda salomatligini mustahkamlash uchun qariyb 19 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ko‘makka muhtoj opa-singillarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard 700 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Tibbiy yordamga muhtoj 12 ming 240 nafar xotin-qizning davolanishi uchun esa 2 milliard 100 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, qiyin sharoitlarda yashayotgan, nogiron yoki nogiron farzandi bo‘lgan 300 nafardan ziyod xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, uy-joyi ta’mirga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan 255 nafar xotin-qizning uy-joyi hokimliklar va homiylar tomonidan ta’mirlab berildi.
Viloyatda bu boradagi ishlar reja asosida tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar eng avvalo, nogiron, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda qiyin sharoitlarda yashayotgan aholi, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni o‘z hayotlaridan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |