2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mirzaobodliklarning davlat xizmatlari olishi yanada osonlashdi

Inson qadrini ulug‘lash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mezonidir. Prezidentimiz tashabbusi bilan birgina aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish borasida ko‘plab yangiliklarga qo‘l urilmoqdaki, buning ham zamirida xalq manfaati yotibdi.

Hududlarda Davlat xizmatlari markazlarining ish boshlashi bilan fuqarolarga yengilliklar yaratildi. Uzundan-uzun navbat kutish, vaqt yo‘qotish, sarsongarchiliklarning oldi olindi. Bir so‘z bilan aytganda, fuqaro emas, hujjatlar harakat qilmoqda.

Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida 6 ta Davlat xizmatlari markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatda 77 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Mirzaobod tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev, soha mutaxassislari, nuroniylar va yoshlar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

– Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samarasini aholi sezishi, har bir mijozga qulay va bugungi kun talablari darajasida shaffof, zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish zarur, – deydi G‘ofurjon Mirzayev. – Zarur sharoitlar yaratilgan. Xodimlardan mijozlarga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish talab etiladi.

Zamon talablari va xalqaro me’yorlarga mos holda bunyod etilgan yangi binoda fuqarolarga 160 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Xodimlar bir vaqtning o‘zida 8 nafar, bir kunda 250 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Shuningdek, chet ellik hamda mahalliy investorlar uchun alohida investorlar xonasi, kutubxona, infokiosk, elektron navbat olish qurilmasi mavjud. Bundan tashqari, tuman FHDYO bo‘limi ham shu yerda faoliyat yuritadi.

– Yangi binodagi qulayliklar barchaga ma’qul, – deydi tumanning «Mirzacho‘l» mahallasi raisi Mustafoqul To‘rayev. – Chunki markazning avvalgi binosi fuqarolar qatnoviga noqulay edi. Yangi yil bayrami oldidan tuman aholisi uchun zamonaviy dizayn talablari asosida barpo etilgan bino o‘ziga xos bayram tuhfasi bo‘ldi.

Mirzaobodda ko‘plab ishlab chiqarish, sanoat va boshqa korxonalar qurilayapti. Biroq hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, kamchiliklar ko‘p. Viloyat hokimi tuman ahli bilan uchrashuvda shu haqda to‘xtalib, hududda madaniyat saroyi, istirohat bog‘i barpo etish kerakligini ta’kidladi.

29.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar