2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: murojaat joyiga chiqib o‘rganildi

Buxoro viloyati Romitan tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig‘ini Istiqlol qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi Toshpo‘lot O‘rinovning murojaati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ijobiy hal etildi.

Murojaat tumanning Xalq qabulxonasi mudiri boshchiligida tuman hokimi, 2-sektor rahbari va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan joyida borib o‘rganildi.

– O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro Toshpo‘lot O‘rinovning xonadoniga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari belgilandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Muyasarov. – Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli saxovatpesha homiylar yordamida 1-guruh nogironi fuqaro Toshpo‘lot O‘rinovning xonadonida 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga yengil konstruksiyali zamonaviy hammom, hojatxona qurildi. Xonadonga yangi eshiklar o‘rnatilib, murojaatidagi masalalar o‘z yechimini topdi. Turmush o‘rtog‘i M.Karimova esa hududda yaqinda ish boshlagan WBM “ROMITEX” MCHJ korxonasiga ishga joylashtirildi.

Joriy yilning o‘tgan 11 oyida tuman Xalq qabulxonasiga hududda yashovchi fuqarolardan 1 ming 638 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 1 ming 227 tasi qanoatlantirilgan.  900 tadan ortig‘i ya’ni 74 foizi ijobiy hal etilgan. Tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar hamda tumandagi davlat idora va tashkilotlarning hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli ushbu hududda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligi sezilarli darajada ortmoqda.

30.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar