2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar yechimi aholi turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi

“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va ochiq muloqotlarda aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasiga o‘tgan 2021 yilda asosan, ish bilan ta’minlash, kredit, uy-joy olish, gaz, elektr, suv, issiqlik taminoti, moddiy yordam masalasida ko‘plab murojaatlar bo‘lgan.

Karmana tumani 3-sektor hududidagi “Kamolot” mahallasida yashovchi Navro‘z Qodirov tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, “NOVINKO TEXNO” oilaviy korxonasini tashkil etgan va 4 nafar fuqaroni ish bilan band qilgan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida chet eldan turli metallarga ishlov beruvchi uskuna sotib olib, bojxonada rasmiylashtirish va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Oxir-oqibat Xalq qabulxonasiga murojaat qilishiga majbur bo‘ladi.

– bugungi kunda mahalliy sharoitda import o‘rnini bosuvchi, chet el mahsulotiga raqobatbardosh bo‘lgan zamonaviy stellaj, muzlatkich va boshqa turdagi maishiy texnika ishlab chiqaraman, – deydi tadbirkor N.Qodirov. – Faoliyatimni kengaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan “Xong Li” rusumli turli xil metallarga oson ishlov beruvchi, vaqt hamda elektr energiyaga tejamkor uskuna sotib olgan edim. Ammo bojxonada rasmiylashtirish va yuqori quvvatdagi kuchlanish bilan ta’minlash masalasida muammolarga duch keldim. Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan elektr energiyaga ulanish va bojxona ishlari tezda hal bo‘ldi.

Hozirda tadbirkor tomonidan bir oy davomida 100 metr uzunlikda stellaj hamda o‘rtacha 5 dona atrofida har xil o‘lchamdagi muzlatkichlar ishlab chiqarilmoqda.

Karmana tumani “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi Nazira Jalilovaning ham muammosi bevosita Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan bartaraf etildi. Hozirda N.Jalilova rahbarlik qilib kelayotgan “Yunusbobo Barhayot” oilaviy korxonasida 5 nafar ishchi bo‘lib, ularning 3 nafari kollej bitiruvchilaridir. U 600 metr kvadrat o‘lchamdagi maydonni auksion savdosida qatnashib sotib olgan. Ayni paytda 7 mingta broller tovuqlarini parvarishlab, bozorlarimizni arzon go‘sht mahsulotlari bilan bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

Xalq qabulxonasi tomonidan kredit masalasida murojaat qilgan fuqarolarning ham murojaatlari o‘z vaqtida ijobiy hal etilmoqda. Jumladan, Qiziltepa tumani Alisher Navoiy nomli mahallada yashovchi Bahriddin Diyorovga chorvachilik yo‘nalishida 33 million so‘m kredit berilishi ta’minlandi. Hozirda u faoliyatini yanada kengaytirib, sut mahsulotlarini qayta ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi.

“Oqrabot” mahallasida yashovchi Allayor Ixtiyorovga deraza rom sexini rivojlantirish uchun 30 million so‘m miqdorida kredit ajratib berildi. “Ixtiyor ota, Gulbibi aya” MCHJ nomi ostida faoliyatini yuritib kelayotgan tadbirkor 3 kishini ish bilan ta’minlagan.

– O‘zim “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turaman, – deydi Qiziltepa tumani “Oqrabot” mahallasida yashovchi Oyista Karimova. – Qabulxona aralashuvi bilan 14 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit asosida 4 ta tikuv mashinasi oldim. Hozirda eski mahalla binosida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqdaman. O‘zimga o‘xshagan mahalladagi 4 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minladim.

– Farzandimning ikkala buyragi ham xasta bo‘lganligi sababli jarrohlik amaliyoti uchun 30 million so‘m mablag‘ so‘rab, Xalq qabulxonasiga murojaat qilgandim, – deydi Konimex tumani Sho‘rtepa MFYda yashovchi fuqaro Basqar Narbayev. – Murojaatim Konimex tumani Xalq qabulxonasi tomonidan Respublika ishchi guruhiga taqdim etilib, amaliy yordam berildi. Farzandim joriy yilning oktyabr oyida operatsiya qilindi. Hozirda sog‘ligi yaxshi.

Bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyiliga amal qilingan holda islohotlar olib borilmoqda. Qilinayotgan murojaatlar zamirida inson taqdiri yotganligi hisobga olinsa, ijobiy hal qilinayotgan har bir murojaat o‘z qiymatiga ega ekanligi ko‘rinadi.

Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish esa aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

01.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar