Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bunda iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa, ijtimoiy sohalarning mavsumda barqaror ishlashini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 12 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal boʻlayotir.
Tumanda 55 umumtaʼlim maktabi, shu jumladan, bitta “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat yuritmoqda. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimidan maʼlum qilinishicha, mazkur taʼlim muassasalarini2018-2019 yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha maxsus ishchi guruhi tashkil etilgan. Amalga oshirilishi lozim boʻlgan zarur vazifalar belgilanib, qurilish-taʼmirlash ishlariga mahalliy byudjet hisobidan 681 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida 15 umumtaʼlim maktabida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi. Muassasalardagi 310 pogonometr ichki isitish tizimi, 1800 kvadrat metr fasad qismi taʼmirlanib, binolarning 20 kvadrat metr singan oynalari yangilangan.
Bundan tashqari, investitsiya dasturi boʻyicha joriy yilda 17-umumtaʼlim maktabi filialini qurish rejalashtirilgan boʻlib, 1 milliard 380 million soʻm mablagʻ hisobiga mazkur maktabning 120 oʻrinli binosi qurib bitkazildi. Shuningdek, 19-umumtaʼlim maktabining loyiha qiymati 2 milliard 472 million soʻm boʻlgan 210 oʻringa moʻljallangan yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maktabga sport zali va yordamchi binolar qurish ham rejalashtirilgan.
“Obod qishloq” dasturiga tumanning Xalqobod va Chortoq mahallalari kiritilgan boʻlib, mazkur hududdagi 28- va 40-umumtaʼlim maktabida rejalashtirilgan qurilish-taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
– Maktabimizda 200 dan ortiq oʻquvchi ikki smenada taʼlim oladi, – deydi Chortoq mahallasidagi 40-umumtaʼlim maktabi direktori Xurshida Ziyadinova. – “Obod qishloq” dasturi doirasida maktab binosining tom qismi qayta taʼmirlandi. Xonalarning poli yangilanib, eshik va romlar zamonaviylariga almashtirildi.
Tumanning aksariyat maktablari markazlashgan va tabiiy gazda, faqatgina 43-umumtaʼlim maktabi koʻmir yoqilgʻisi yordamida isitiladi. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida taʼlim muassasalarining isitish tizimi bilan bogʻliq ishlar tekshiruvdan oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. 43-umumtaʼlim maktabi uchun talab etiladigan 26,6 tonna koʻmir briketga talabnoma berilib, 6 tonnadan ziyodrogʻi taʼlim muassasasiga olib kelindi.
A.Xudoyqulov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |