2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir kelib keting, qishlog‘imizga

“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari amalda

Har safar dilga yaqin qo‘shiqni tinglaganda olis bolalik xotiralari, so‘lim qishloqlar sog‘inchi chulg‘ab oladi. Ko‘z o‘ngingizda tarovatli bog‘lar xayoli, ketmoniga suyangan samimiy va tanti, oddiy mehnatkash insonlar qiyofasi gavdalanadi. Beixtiyor ko‘z oldimizga qishloq manzaralari keladi.

Bugun yurtimizning qay bir qishlog‘iga bormang, bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lasiz. Shaharga tenglashayotgan qishloqlar jamolini ko‘rib, ko‘nglingiz zavqqa to‘ladi. Zamonaviy uy-joylar va qulay shart-sharoitlarning barchasi qishloqdagi zamondoshlarimizning farovon yashashlariga qaratilayotgani ayni haqiqatdir.

Ta’kidlash joizki, aholi farovonligi, qishloq, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashda “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning o‘rni beqiyos. Bu boradagi qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Sohilobod qishlog‘ining Uzumzor mahallasi qiyofasi ham tubdan o‘zgardi. Qishloq ahli uchun qulay imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Dastur doirasida 9 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi hisobiga hududda uzoq yillardan beri hal bo‘lmayotgan bir qator muammolar barham topdi.

Xususan, “Barhayot”, “Sohil”, “Koinot” va “Yoshlar” ko‘chalarida jami 3,5 kilometr yo‘l asfaltlandi va 5 kilometrdan ortiq yo‘l shag‘allandi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 90 ta tayanch o‘rnatildi, bitta TP yangi qo‘yildi va bitta TP ta’mirlandi, 2,5 kilometr elektr tarmog‘i yangidan qurildi. 28 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Hududda toza ichimlik suvi ancha yillardan beri katta muammo bo‘lib kelgan. Dastur bahona yangi quduq qazilib, 2873,5 million so‘m mablag‘ hisobiga 9 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortilgani aholi uchun eng quvonchli voqea bo‘ldi. Ayni paytda xonadonlarga ulash ishlari davom etmoqda. Bu bilan uzumzorliklar obi-hayotdan bahramand bo‘ladi.

“Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida, nafaqat hudud infratuzilmasini yaxshilash, balki aholining kundalik turmushi uchun zarur bo‘lgan sog‘liqni saqlash hamda farzandlarning ertangi kamoli yo‘lidagi muhim yo‘nalish – maktabgacha ta’lim sohalari ham e’tibordan chetda qolmadi.

Viloyat hokimligi va Respublika Ishchi guruhi, Senat raisi tashriflaridagi o‘rganishlar chog‘ida dolzarb masala sifatida ko‘tarilgan, ancha yillardan beri qarovsiz bo‘lgan “Sohilobod” oilaviy shifokorlik punkti binosi 558 million so‘m evaziga mukammal ta’mirdan chiqarildi. Endilikda ikkita mahallaning to‘rt mingdan ziyod aholisi mukammal tibbiy ko‘rikdan o‘ta oladi. Hudud ahliga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ushbu muassasaga eng zamonaviy tez tibbiy yordam avtomobili topshirildi.

32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida 3 milliard 236 million so‘m evaziga mukammal rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Hozirga kunda qurilish montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Natijada amaldagi 120 quvvat 180 o‘ringa oshirildi. Bu esa hududdagi 3-7 yoshdagi mavjud 240 bolaning 200 nafarini, ya’ni 83,3 foizini qamrab oladi. Shuningdek, ushbu mahalladagi “Diyorabonu” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 50 quvvatga ega bo‘lib, hozirda 40 nafar kichkintoyni jalb qilganligi e’tiborga olinsa, mahallada qamrov darajasi to‘liq 100 foizga yetdi.

1740 aholiga ega bo‘lgan Uzumzor mahallasining “drayver”, ya’ni o‘sish nuqtalari uzumchilik va bog‘dorchilikni tashkil etadi. Qishloq sohibkorlari yetishtirgan meva-sabzavotlar nafaqat o‘zimizda, balki dunyo bozorlarida ham xaridorgir.

Kartoshka, piyoz, sabzi, karam, shaftoli, olmani hech kim bozordan sotib olmaydi. Uzum yetishtirish esa azaliy an’anaga aylangan. Birgina misol, mahalla hududida jami 546 ta uzumzor mavjud. Ularning 118 gektari o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qora kishmish, kelinbarmoq, oq va qora, ketmon sopi, husayni kabi xaridorgir navlar ekildi. Natijada yil davomida 3 ming tonna eksportbop qora kishmish, 2 ming tonna sanoatbop sarxil meva yetishtirildi.

Viloyat va tuman sektorlari rahbarlari “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Nilufar Egamova xonadonida bo‘ldi. Uch farzandni yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazayotgan ayolga Namangan viloyati hamda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimliklari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

Oila bekasi bu yerga 22 yil oldin kelin bo‘lib tushgani, shuncha vaqtdan beri endi suv masalasi hal bo‘lganini aytdi. Qishlog‘u mahallasi obod va ko‘rkamlashganidan behad xursandligini yashirib o‘tirmadi. Darhaqiqat, uzumzorliklarning hududi obod go‘shaga aylangani nafaqat hudud ahli, qolaversa, tuman va viloyat jamoatchiligi ishtirokida chinakam bayramga aylanib ketdi.

Bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

04.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar