Buxoro viloyatida 2021 yil davomida aholi bandligini ta’minlash va ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida 72,0 mingdan ortiq fuqarolarga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatildi.
Jumladan, 26 ming 138 nafar ishsizlar bo‘sh o‘rinlarga, 7 ming 220 nafari kvotalangan ish o‘rniga ishga joylashtirildi. 14 ming 8 nafari jamoat ishlariga jalb etildi.
990 nafar fuqaroga tadbirkorlikdan ro‘yxatdan o‘tishiga, hunarmandchilikka a’zo bo‘lishiga hamda “Tadbirkor ayol” o‘quv kurslarida o‘qitilishi ta’minlandi.
– Davlat rahbarining joriy 2022 yilda mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish, ayniqsa, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan, o‘z oldimizga bandlik sohasida aniq maqsadlarni belgilab oldik, – deydi Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Hamroyev. – Bu yilda viloyatda har bir hudud (mahallabay) bo‘yicha davlat buyurtmasiga ko‘ra, shakllantirilgan dasturlar asosida yo‘nalishlar kesimida jami 31 ming ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan, tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 3 mingga yaqin, hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 11 mingga yaqin, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishga tushishi natijasida 750 tagacha, yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga 9 ming 800 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hisobiga 7 ming ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Viloyatning qishloq hududlaridagi 36 ming fuqaroni 5,9 ming gektar yer (o‘rtacha 16 sotix) ajratish, 3,9 ming nafarni ishlovdan chiqqan yerlarni foydalanishga qaytarish, 7 ming nafarni yangi tashkil etiladigan korxonalar hisobiga, 5 ming nafarni yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga, 5 ming nafarni o‘zini o‘zi band qilish hisobiga, 3,8 ming nafarni korxonalar faoliyatini qayta tiklash va kengaytirish hisobiga, 20,1 ming nafarni korxonalarda norasmiy ishlayotgan ishchilarni legallashtirish hisobiga bandligi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 915 mlrd.so‘mlik tijorat banklarining imtiyozli kreditlari ajratilishi hisobiga 25 ming 830 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Hududlardagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ish so‘rab murojaat etgan 28 ming 82 nafar ishsiz doimiy ish joylariga joylashtiriladi.
9 ming 941 nafar ishsiz fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladi. Ularga ish haqi to‘lovi uchun 21,0 mlrd.so‘m mablag‘ to‘lab beriladi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 7 ming 292 nafar fuqaro zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtiriladi.
Buxoro shahar Kunlik mehnat markazi orqali 388 nafar vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi sifatida ro‘yxatga olingan 388 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.
Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, o‘quv jarayonlarini amaliyot bilan bog‘lagan holda tashkil etish, ishsiz aholi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Buxoro shahri va tumanlarda aholini kasbga o‘qitishning yangicha tizimi tashkil etilib, viloyatda 4 ming 700 (3971 ayollar, 2741 yoshlar) nafar ishsiz va ish qidiruvchi shaxslar 37 turdagi kasb-hunarga o‘qitiladi.
2022 yilda amalga oshiriladigan islohotlar natijasida qishloq joylaridan 3 ming 350 nafar hamda shahardan 1 ming 350 nafar ishsizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitilib, malakasi oshirilishi belgilangan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |