2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryo viloyati hokimi aholi muammolarini o‘rgandi

Mamlakatimizning barcha hududlarida mas’ullar tomonidan aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, ularni joyida muhokama qilib, ijobiy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo tumanidagi “Yangiobod” va “Intilish” mahallasida bo‘lib, fuqarolar hamda hokim yordamchilari bilan muloqot qildi. U yerdagi mavjud kamchilik, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi. Muloqot davomida “Yangiobod” mahallasi hududida 8,5 kilometr masofadagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, eskirgan 60 ta elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish, 500 metrga ichimlik suv quvuri tortish, 1 ta ichimlik suvi minorasi hamda sizot suvlar sathini pasaytirish uchun tik quduq o‘rnatish zarurligi aytildi.

Fuqarolarning murojaatidan kelib chiqib muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi. Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bugunning o‘zida boshlab yuborildi. Yana bir muhim jihat, mahallada 1 ta qishloq vrachlik punkti va 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etiladigan bo‘ldi.

– Mahalla aholisini xatlovdan o‘tkazish jarayonida aksariyat bandligi ta’minlanmagan aholi, ayniqsa, yoshlardan hududda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar tushmoqda, – deydi hokim yordamchisi Jahongir Botirov. – Ishsiz xotin-qizlar esa tikuvchilikka qiziqar ekan. Shu sababli mahallada tikuvchilik sexi tashkil etishga ehtiyoj sezildi. "Intilish” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Ilxom Xazratqulov mahallada istiqomat qiluvchi aholi asosan, parranda boqish va ko‘paytirish borasida tajribaga ega ekanligini inobatga olib, bu yerda parrandachilik kooperatsiyasini tashkil etish taklifini bildirdi.

Kooperatsiyaning birinchi bosqichida mahalladagi o‘rtacha 20 ta xonadon inkubator va tuxumlar bilan ta’minlanib, jo‘ja ochirish yo‘lga qo‘yiladi. Keyingi bosqichida parrandachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xonadonlarga jo‘ja va ularni boqish uchun 40 kunga yetadigan ozuqasi ham yetkazib beriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali 120 nafar aholining ish bilan ta’minlanishiga erishiladi. 

Viloyat rahbari bildirilgan taklifni ma’qullab, har bir hududning o‘z drayver yo‘nalishini aniqlab, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni har tomonlama yuksaltirish orqali xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash asosiy maqsad ekanligini qayd etdi. Kooperatsiyani yanada rivojlantirish xususida o‘z tavsiyalarini berdi. Loyihani namunali amalga oshirish uchun mahallani tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida muammolar borligi aytildi. Viloyat rahbari tomonidan yangi transformator o‘rnatish va shu yilning aprel oyigacha tabiiy gaz tarmog‘iga ulash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatma berildi.

20.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar