2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov: “Sizlar uchun munosib sharoit yaratilmaguncha, mahallada bo‘lamiz”

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 15 yanvar kuni mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini bajarish uchun Surxondaryo viloyatida keng qamrovli chora-tadbir belgilab olindi.

Shunga muvofiq vohadagi 195 ta mahalla iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hudud sifatida tanlandi. Ularning 5 tasi viloyat markazida joylashgan.

– Aholi murojaatlari o‘rganilganida Termiz tumanidan voha markaziga o‘tkazilgan Pattakesar mahallasi ham iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir ekani aniqlangan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmuradov. – Odamlar yo‘llarni ta’mirlab, hududni obodonlashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish kabi masalalarni o‘rtaga tashlagan. Shunga ko‘ra, mahalla ahlini rozi qilishga yo‘naltirilgan keng qamrovli ishlar boshlandi. Hudud aholisi va shahardagi ko‘ngilli ishchi-xodimlar jalb etilib, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish yumushlariga kirishildi. Mehnat yarmarkasi, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.

Mahalladagi 1 ming 200 oilada 4 ming 30 dan ortiq turkman, 185 ga yaqin o‘zbek va ruslar istiqomat qiladi. Aholining 820 nafari korxona va tashkilotlarda doimiy ish bilan band. 111 fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. 666 xonadonning 29,7 gektar tomorqasi mavjud bo‘lib, ularning 13 tasida issiqxona tashkil etilgan. 421 xonadonda qoramol, qo‘y-echki, quyon, 350 xonadonda parranda parvarishlanadi. 4 oila asalarichilik bilan shug‘ullanadi.

O‘tgan yili mahalladagi 4,5 kilometr tuproq yo‘lga shag‘al-tosh aralashmasi yotqizildi. Ikkita transformator yangisiga almashtirilib, o‘n dona eskirgan simyog‘och o‘rniga yangilari o‘rnatildi. Bo‘sh turgan bino tubdan qayta ta’mirlanib, shahardagi oilaviy poliklinikaning shoxobchasi barpo etildi.

Amudaryoga yaqin bu go‘shada boshlangan ulkan bunyodkorlik ishlariga hamohang aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan tibbiyot muassasasi tantanali ravishda ochildi.

Nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Termiz shahri mahallalaridagi hokimlarning yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla ahli ishtirok etgan tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib, farovon yashashiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bevosita davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda bu boradagi ishlar avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlangani qayd etilib, bu yo‘nalishda belgilab olingan vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

– Yangi O‘zbekistonni barpo etishda barcha ezgu maqsad odamlarning hayotidan rozi bo‘lib yashashiga qaratilmoqda, – dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov. – Yaqin kelajakda voha hududida infratuzilma tubdan o‘zgaradi. Mahallalarda keng, ravon ichki yo‘llar barpo etiladi. Maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha inshootlari tubdan ta’mirlanib, yangilari quriladi. Shu maqsadda viloyatda aholini arzon va ishonchli elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlashga qaratilgan ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Termiz shahridagi chekka mahallalar ham uzluksiz sifatli tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Bugun Pattakesar mahallasida boshlangan bu ish iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir, deb topilgan boshqa mahallarimizda davom etadi. Bu hududda shu bugunning o‘zida 4 kilometrdan ortiq ichki yo‘lga shag‘al-tosh to‘kamiz. Yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni to‘liq yangisiga almashtiramiz. Xullas, sizlar uchun munosib sharoit yaratilmaguncha, sektor rahbari va boshqa mutasaddilar boshchiligida mahallada bo‘lamiz.

Shu kuni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan muassasada mahalla aholisi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Bunday e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi, – deydi mehnat faxriysi Jo‘ra Turdiyev. – Yoshim saksonda. Tobimiz qochib qolsa, zamonaviy tibbiyot muassasasi bo‘lmagani uchun shaharga borishga to‘g‘ri kelar edi. Mana, bugun ohori uchmagan tibbiyot muassasasiga kelib, ko‘rikdan o‘tdim. Shifokorlar menga tavsiya qilgan dorilarni shu yerning o‘zida bepul berishdi. Bundan tashqari bizning ko‘p yillik orzuyimiz bo‘lgan yo‘llarimiz ta’mirlanmoqda. Eskirib ketgan elektr simyog‘ochlar yangisiga almashtirilyapti. Ko‘chalar obodonlashtirilib, tabiiy gaz quvurlari ham bo‘yalmoqda. Mahallamizda bitta stadion bor edi. Hozir shu tadbirga kelib, endi zamonaviy Workout maydonchasi qurib, ishga tushirilishini ham eshitib qoldim.

Tibbiyot muassasasida shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi viloyat filiali bepul dori-darmon va boshqa xayriya yordamlari ko‘rsatdi.

– Ko‘zim xiralashgandek bo‘lib qolgan edi, – deydi mehnat faxriysi, shoir Mo‘min Jumayev. – Kelsam, bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilayotgan ekan. Shifokorlarga uchrashib, ko‘rikdan o‘tdim. Bepul dori-darmon va ko‘zoynak olib berishdi. Tevarak-atrof yanada yorug‘ bo‘lib ko‘rindi. Shukrona aytyapman.

Termiz shahridagi 5 oilaviy poliklinikaning mahalladagi shoxobchasi ish boshlagan dastlabki kunda uch yuzdan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilindi.

Mahallada tashkil etilgan mehnat yarmarkasida vaqtincha ishsiz bo‘lgan bir guruh xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi. Ko‘chatlar yarmarkasi tashkil etilib, hududga o‘n ming tup daraxt va buta ko‘chati ekildi. Yo‘l bo‘ylaridagi daraxtlar oqlandi. Eskirgan o‘nta elektr ustun yangi beton ustunlarga almashtirildi. Aholi davlat xizmatlari markazining ko‘chma xizmatidan foydalandi.

Viloyat hokimi shu yerning o‘zida Termiz shahri mahallalaridagi hokimlarning yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan suhbatlashdi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada obodonlashtirish va boshqa bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

22.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar