2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘ona viloyati hokimi: “Quruq va’dalar, hisobotlarni endi hech kim ko‘tarmaydi”

Mamlakatimizda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularning natijalari baholanmoqda.

Bunda Prezidentimizning 2021 yil 24 avgustda qabul qilingan “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosarlarining 2021 yil IV–chorak va yil yakunlari bo‘yicha faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatgichlari asosida baholandi. Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu haqida ma’lum qildi.

  Viloyat hokimi o‘rinbosarlari funksional vazifalarni bajarib, yaxshi ko‘rsatgichlarga erishgan. Birgina viloyat hokimining o‘rinbosari-mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i B.Xoliqovning umumiy samaradorlik ko‘rsatgichi qoniqarsiz baholangan. 

–Har bir rahbar zimmasidagi mas’uliyatga chuqur yondashgan holda amaliy natija uchun ishlashi kerak, – deydi viloyat rahbari. – Quruq va’dalar, hisobotlarni endi hech kim ko‘tarmaydi. Bundan buyon nafaqat, ijroiya hokimiyati, balki tashkilot va boshqarmalarning faoliyati ochiq va shaffoflik bilan baholab boriladi, ularning reytinglari aniqlanadi. 

23.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar