2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
OBODLIK BOR JOYDA FAROVONLIK BO‘LADI

Obodlik va farovonlik yurtdoshlarimizning tinchlik-osoyishtalikda umr kechirishi, kayfiyatlarining ko‘tarinki ruhda bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, mahallangiz orasta bo‘lsa, qalbingiz quvonchga to‘lib, mehnatga ham shunday kayfiyat bilan kirishasiz.

Prezidentimizning «Obod mahalla» das­turi to‘g‘risida»gi farmonida mahallalar hududini obodonlashtirish hamda aholining turmush sharoitini yuksaltirish ko‘zda tutilganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Chilonzor tumanidagi 12 ta mahalla tuman IIOFMB boshlig‘i, podpolkovnik Ikromjon Tillaev rahbarlik qilayotgan 3-sektorga biriktirilgan bo‘lib, Xalqlar do‘stligi mahallasi «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan edi. Shu kungacha bu erdagi 30 ta ko‘p qavatli uyning deyarli barchasining fasad qismi hamda erto‘lalari mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, uylarning 1000 kvadrat metrga yaqinida zamonaviy plastik romlar o‘rnatildi. Tomlar ham mutaxassislar tekshiruvidan o‘tkazilib, to‘liq ta’mirlandi va kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.

Mahalla hududidagi 178-maktabga dastur bo‘yicha 500 million, 285-maktabgacha ta’lim muassasasiga esa 400 million so‘m mablag‘ joriy ta’mir uchun ajratilgan bo‘lib, hozirda ularni zamon talablariga mos ravishda jihozlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Mahalla hududi obodonlashtirilib, daraxtlarga shakl berildi. Ichki yo‘llardagi yo‘lakchalar atrofiga maxsus beton moslamalar o‘rnatilayotgani esa hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Irrigatsiya tarmog‘ini to‘liq yangilash, ko‘chalar yorug‘ligini yaxshilash va boshqa ishlar ham reja bo‘yicha olib borilmoqda.

– Ta’kidlash lozim, nafaqat ko‘p qavatli uylar va yo‘llarni ta’mirlash, balki aholining muammolarini manzilli o‘rgangan holda echim topish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tashkil etishlariga ko‘maklashish, ular oldida turgan turli to‘siqlarni bartaraf qilish ham doi­miy diqqat markazimizda, – deydi tuman IIOFMB boshlig‘i, podpolkovnik Ikromjon Tillaev. – Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni ogohlikka undash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida «Jinoyatga jazo muqarrar», «Firibgarlardan ogoh bo‘ling», «Yurt tinchligini saqlash har bir fuqaroning burchidir» kabi dolzarb mavzularda filmlar namoyish etilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari, davra suhbatlari o‘tkazilayotgani ijobiy samara bermoqda. Vaqtincha ishsiz hamda muqaddam sudlanganlarni jamiyatning faol qatlamiga qo‘shish bo‘yicha ham amaliy ishlar qilinmoqda.

Mahallalar tinch-osoyishta bo‘lsa, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilmaydi, aholi xotirjam yashaydi. Shu maqsadda hududdagi kriminogen vaziyatdan doimiy xabardor bo‘lish va nazorat qilish uchun videokuzatuv moslamalari o‘rnatilmoqda. Darvoqe, yana bir muhim masala, ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan «Davomat», «Tig‘» tadbirlari kelajagimiz vorislari o‘rtasida jinoyatchilik sodir etilishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Tumandagi har bir mahallada reja asosida aholi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilyapti, echim topish uchun sektor rahbari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Unda muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarning mutasaddilariga topshiriqlar berilmoqda. Asosiysi, xalqni rozi qilish, ularning davlat himoyasida ekanliklarini his qilib, mamlakatimiz rivoji va farovonligi, oilalari xotirjamligi yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib fidoyilik bilan mehnat qilishlariga erishilmoqda.

Sherzod ABDUSAMADOV.
Sodiq HAKIMOV olgan surat. 

10.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar