2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Paxtakorning yangi hokimi ishni joylardagi ahvolni o‘rganishdan boshladi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga yangi tayinlangan hokim Asilbek Ashurov “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan ilk ish kunini tumandagi og‘ir hudud deb topilgan, “Dilorom” mahallasi obodligi, mahalladagi mavjud tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasidagi olib borilayotgan ishlar, mahalla ahliga yaratilgan sharoit bilan tanishishdan boshladi.

O‘rganish jarayonida mahallaning bu holatga kelib qolishiga MFY raisi va faollarning o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashmaganligi tufayli ekanligini takidlab, holatni yaxshilash borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘rganish davomida mahallada obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini inobatga olib, mutasaddi tashkilotlar, mahalla faollari bilan keng ko‘lamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilanib, shu kunning o‘zida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

A.Ashurov tuman sektorlari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida paxtakor shaharchasida joylashgan “Dehqon bozori”ga borib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

Hududda do‘konlar hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish uchun rastalar tashkil etilishi, avtoturarjoy qurilishi to‘xtab qolgan edi. Bozor hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlarini jadallashtirish borasida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tuman hokimi, bozordagi tozalik, sanitariya holati mutloq talabga javob bermasligini, bozor ma’muriyati o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab kelayotganligi sabab xalqning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lishi borasida to‘xtalib, bozorda kunlik tozalash, obodonlashtirish ishlarini olib borish, narx-navoning sun’iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yaratilgan mahsulotlar zaxirasini to‘g‘ri taqsimlash, ishni adolat mezoni asosida tashkil etish borasida barcha mas’ullar va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

24.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar