2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Taʼlim maskanlari mavsumga shay

Kuzning yomgʻirli, salqin kunlari boshlandi. Oldimizda qish. Demak, taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi yanada dolzarb boʻlib turibdi. Bu borada Toshkent shahridagi maktablarda vaziyat qanday?

– Prezidentning 2018 yil 12 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlar davom etmoqda, – deydi Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi bino va inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻlimi boshligʻi Nuriddin Otamuhammedov. – Jumladan, oʻtgan yillarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlili asosida joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, joriy yilda poytaxtdagi 6 taʼlim dargohida kapital rekonstruksiya, 8 tasida kapital, 135 umumtaʼlim muassasasida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Ayni vaqtda muassasalardagi ichki isitish tizimlari, tom va pol qismlari, derazalar, kirish yoʻlaklari taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan. Taʼlim dargohlarida issiqlik meʼyorida boʻlishini taʼminlash maqsadida 1 ming 500 metr kvadrat singan deraza oynalari almashtirilgan.

Taʼlim maskanlaridagi 41 qozon profilaktik taʼmirdan chiqarilib, 1 qozon almashtirilgan. 55 ming 455 metr kvadrat binolarning tom qismlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari yakunlangan.

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 241-maktabda ham yangi oʻquv mavsumini bexavotir oʻtkazish uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

– Maktabimiz 44 yildan buyon taʼmirlanmagan edi, – deydi maktab direktori Ziroat Ermatova. – Shu bois tomdan suv oʻtib ketar, oʻquvchilar tahsil olishga qiynalardi. Joriy yilda taʼlim muassasamiz kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy maktabga aylandi. Quvurlar, derazalar, isitish tizimi va elektr taʼminoti tarmoqlari toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Endi oʻquvchilarga bexavotir taʼlim berishda davom etamiz.

Davron Sunnatov, OʻzA

11.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar