2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim yordamchisi yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etmoqda

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hudud sanaladi.

Mahallada ishsizlik, ichimlik suv, elektr-energiyasi ta’minoti, ko‘chalarni asfalt qilish kabi muammolar yillar davomida aholining e’tiroziga sabab bo‘lib kelgan.  
Mahalla tuman markazida bo‘lsada tadbirkorlik sub’ektlari, ishlab chiqarish korxonalari deyarli juda kam. 

–Mahallamizda 462 ta xonadonda 2 ming 822 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi mazkur yig‘indagi hokim yordamchisi Elyorjon Yo‘ldoshev. – Bugungacha xonadonma-xonadon yurilib, xatlov ishlari to‘liq yakunlandi. Shu orqali mavjud muammolar, hal qilinishi zarur jihatlar aniqlab olindi. Xatlov o‘tkazib, mavjud muammolarni aniqlash bilan birga, odamlarimizda ishchanlik, yaratish ishtiyoqi kuchliligiga ishonch hosil qildim. Hududda turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik qilish uchun sharoit yetarli. Hokimlik va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda talabgorlarga ko‘maklashish uchun amaliy chora-tadbirlar rejasini tuzganmiz. Aholi xonadonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida xonadonlarda 3-8 sotixgacha tomorqa mavjudligini inobatga olib, tomorqachilik rivojlantirish, issiqxonalarni ko‘paytirish muhimligini aniqladik. Masalan, tajribadan kelib chiqib, erta bahorda 5 sotixga ekilgan kartoshkadan 1,5 tonna hosil olish mumkin. Bu esa 7-8 million so‘m daromad keltiradi. Shuningdek, pomidor, qalampir va boshqa ziravor mahsulotlarni erta yetishtirish orqali oilalar daromad manbaiga ega bo‘ladi.  

«Mahallabay» va «xonadonbay» ishlash asosida «og‘ir» mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida “Beshariq Crusher” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan un ishlab chiqarish korxonasida 2021 yilda Turkiya texnologiyasi asosida yangi quvvatlar ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonnadan ziyod. Umumiy loyiha qiymati 17,5 milliard so‘m bo‘lgan korxonada 30 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Hokim yordamchisi mazkur korxonaning muammolarini o‘rgandi hamda aylanma mablag‘ uchun kredit olishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.  

Mahalla hududidagi «Yaypan» davlat unitar korxonasiga qarashli binoning bo‘sh turgan qismida tikuvchilik sexini tashkil qilish orqali 80 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, bu yerda barpo etilayotgan xususiy tibbiy markaz ham yaqin kunlarda ishga tushiriladi. Hozirga qadar 240 ta yangi ish o‘rni uchun aniq manzilli dastur bor. Mahallada yashovchi Abdumannon Turonov birinchi guruh, turmush o‘rtog‘i esa ikkinchi guruh nogironi. Uch nafar farzandi bor. Oila boshlig‘i ko‘p yillardan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Ro‘zg‘orga bu qo‘shimcha daromad bo‘lmoqda.

– Odam birovning qo‘liga qaragani bilan qorni to‘yib qolmaydi, – deydi Abdumannon aka. – O‘zi ham harakat qilishi kerak. Surunkali kasallik tufayli 10 yil bir joyda yotib qoldim. Oyoq- qo‘lim ishlamay qoldi. Shunda ham hayotdan umid uzmadim. Shukrki, peshonamda yashash bor ekan. Hozir ancha yaxshiman, ammo tez-tez davolanaman. 90 ta qutida asalari bor. Shu ish bilan bandman.  

Hokim yordamchisi bu xonadonda bo‘lganida asalarini ko‘paytirish uchun subsidiya olish taklifini bildirildi. Albatta, joylarda xalqni qiynayotgan qator muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Bularni bartaraf etishda aynan hokim yordamchilari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi. Ayni kunlarda «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun munosib sharoit yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash, shuningdek, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ta’mirga muhtoj. Bino hashar yo‘li bilan qurilgan. Ta’mirlash natijasida xodimlar uchun xonalardan tashqari kutubxona, kasbga o‘qitish xonalari hamda to‘garaklarni tashkil etish uchun qo‘shimcha xonalar yaratiladi. 
Albatta, mahallalardagi ishsizlikni kamaytirish, tomorqachilik, tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Hududlarda to‘planib qolgan muammolarga yechim topish, iqtisodiy rivojlanishni yo‘lga qo‘yish orqali xalqimiz roziligiga erishish mumkin. Bunda esa hokim yordamchilarining tashabbuskorligi va albatta mutasaddilarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

09.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar