2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
600 nafardan ortiq fuqarolar ijtimoiy himoyaga olindi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani «Oqjar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Zulfiyaxon Jumaboyeva xonadonida yuzaga kelgan yong‘in oila hayot tarzida kutilmagan ko‘ngilsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

E’tiborsizlik tufayli yuzaga kelgan yong‘indan besh xonali uyning tom qismlari, eshik-romlari, uy,  ayvon, pol qismlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim -kechak, zaxiradagi oziq-ovqat mahsulotlari butunlay yonib ketdi.

Ammo oila a’zolari yolg‘izlanib qolmadi. Tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yig‘ini tashabbusi bilan hashar asosida uy-joylarni tiklash,  moddiy  va ma’naviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan,  bir xonali yangi uy  qurib berildi va kerakli oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi. «Mahalla» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

– Mehr, e’tiborning oz yoki ko‘pi bo‘lmaydi, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon  Yo‘lbarsov. – Shu kunga qadar kutilmagan tabiiy hodisalar tufayli zarar ko‘rgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan  600 nafardan ortiq fuqarolar ijtimoiy himoyaga olingan. Bundan tashqari «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobdan  Xalq deputatlari Kengashi qarorlari asosida 66 ming 805 nafar oilaga 32,4 milliard so‘mlik turli ko‘rinishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

11.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar