Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish, hududda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Abdusattorov, agentlikning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara Zokirova jurnalistlarga atroflicha ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirila boshladi. Toshkent viloyatida tajriba tariqasida Nurafshon, Ohangaron va Chirchiq shaharlari Davlat xizmatlari markazlari orqali O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni boshladi. Zangiota tumani davlat xizmatlari markazi orqali shaxsni tasdiqlovchi ID-karta berish ham joriy qilindi. Viloyatdagi 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 1 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, 162 mingdan ortiq fuqaro xizmatlardan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali foydalandi. O‘tgan yili eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish 125 ming 307 ta, kadastr pasportini berish 80 ming 132 ta, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish 65 ming 654 ta, ichimlik suvi hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish 36 ming 259 ta va pensiya (nafaqa) haqida ma’lumotnoma olish 30 ming 944 tani tashkil etdi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 19 ming 117 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 7 ming 742 tasi yuridik shaxslar, 11 ming 375 tasi YATT.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 35 tani tashkil etdi. Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining 9 ta filiallari tashkil etilgan bo‘lib, 2021 yil davomida ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soni 9 mingdan oshdi. Olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 15 ming 410 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda ayrim qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani yuzasidan DXA viloyat boshqarmasi tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rilmoqda. Xususan, vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 32 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bularning 31 ming 365 tasida muddat buzilgan bo‘lsa, 302 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. Shuningdek, 199 ta holatda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgani va 149 tasida boshqa qonunbuzilishlari aniqlandi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |