Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov Qumqo‘rg‘on tumanidagi Hunarmandlar mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda 4-sektorga qarashli Hunarmandlar, Munchoqtepa, Chayontepa, Jarqishloq hamda Tayfang mahallalarida yashaydigan fuqarolar ishtirok etib, duch kelayotgan muammolarini o‘rtaga tashladi.
Ochiq muloqotda bog‘cha qurish, ichimlik suv ta’minoti, yangi elektr ustunlari o‘rnatish, bandlik masalasini hal etish, moddiy yordam ko‘rsatish kabi 42 ta muhim masalaning yechimini topish o‘rtaga tashlandi.
Qabul chog‘ida 4-sektor rahbari Erkin Narmanov va tuman hokimi Rahmatullo Gapparov kelib tushgan murojaatlarning 11 tasini joyida hal etdi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlarni hal etish uchun tegishli muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.
–Ichimlik suv ta’minoti muammo bo‘lib kelayotgan edi, – deydi Ko‘charsoy qishlog‘ida yashaydigan Xurram Xudoyqulov.– Yetarli mablag‘ va e’tibor bilan bu masalaning yechimini topsa bo‘ladi. Qo‘shni qishloqdan 400 metr suv quvuri yotqizib, toza ichimlik suvini olib kelish mumkin. Hashar yo‘li bilan quvur yotqizish uchun xalqimizda yetarli mablag‘ yo‘q. Bugun shu muammoni aytgan edik, masala hal etiladigan, yaqin vaqtda bizning qishloqqa ham toza ichimlik suv keladigan bo‘ldi. Chekka hududlar aholisidan xol-ahvol so‘rayotgan davlatimizdan behad minnadormiz.
Sayyor qabullarda viloyatning eng chekka hududlari aholisi bilan yuzma-yuz o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |