Buxoro viloyatining 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida asosiy drayver yo‘nalishlar belgilab olingan.
Endilikda yordamchilar tomonidan mahallalarda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxonachalik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda.
Romitan tumanidagi 1-sektorga qarashli “Qalaychorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini ish bilan band qilish, doimiy daromadli bo‘lishini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan “Mikrokredit bank” ATB tuman filialidan imtiyozli kredit asosida 42 ta oilaga jami 57 bosh qoramol, 10 ta xonadonga 50 ta qo‘y, 8 ta oilaga 400 bosh parranda tarqatildi. 4 ta xonadon tomorqa yer maydonida 9 sotix issiqxona tashkil etildi.
– O‘zimizga biriktirilgan mahallani obod qilish, fuqarolar uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish asosiy maqsadimizdir, – deydi hokim yordamchisi Zamir Baxshullayev. – Ushbu tashkillashtirilgan ishlar mahallalarning iqtisodiy yuksalishiga, kambag‘allikni qisqartirishga, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |