2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloq aholisi uchun yana bir qulaylik

Buxoro tumani Xonobod qishlogʻidagi oilaviy poliklinika tubdan qayta rekonstruksiya qilindi. Investitsiya dasturiga muvofiq, qurilish-bunyodkorlik ishlariga 1,6 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Oilaviy poliklinika binosi hududi kengaydi, muassasa xonalari soni 10 tadan 34 taga yetdi. Bu pediatr, jarroh, akusher-ginekolog, stomatolog shifokorlarning bemorlarni tegishli tibbiy asbob va uskunalar bilan jihozlangan alohida xizmat xonalarida qabul qilish, shuningdek, aniq tashxis qoʻyish uchun tahlillar olinadigan laboratoriya xodimlari ish sharoitini yaxshilash imkonini berdi. 6 oʻrinli kunduzgi davolash boʻlimi ham qator qulayliklarga ega boʻldi. 

Poliklinikada tor mutaxassislik boʻyicha 4 shifokor, 16 nafar patronaj hamshiradan tashqari, 7 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli xodim hududdagi 10 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatayotir. Tibbiy maskan tarkibida ijtimoiy dorixona, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etilgan. 

Mazkur birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi xodimlari aholi oʻrtasida reproduktiv salomatlik, erta nikohning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, kasallanish darajasini pasaytirishga xizmat qilayotir. 

– Hududlarda, jumladan, qishloq joylarda aholining birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari yordamidan keng va samarali foydalanishini taʼminlashga, odamlar salomatligini mustahkamlash hamda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yangicha yondashuvlar asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi ambulatoriya-poliklinika xizmati boʻyicha bosh mutaxassisi Elyor Oltiyev. – Xususan, “Obod qishloq” dasturi doirasida Romitan tumanining “Qalaychorbogʻ”, Olot tumanining “Usmonshayx”, Qorakoʻl tumanining “Yangibozor” qishloq oilaviy poliklinikalari ham yangidan qurildi. Tumanlarda 10 dan ortiq tibbiyot muassasasi mukammal taʼmirlandi. Ana shu maqsadlarga salkam 15 milliard soʻmlik davlat va mahalliy byudjet mablagʻlari sarflandi. 

Erkin Yodgorov, OʻzA

16.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar