Yurtimizda o‘z faoliyati, ibratli fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan opa-singillarimiz, onaxonlarimiz ko‘p ekani juda quvonarlidir.
Hatto eng oddiy o‘zbek ayoli ham mehnatsevarlik, halollik, jonfidolik, mehr va sadoqat bobida dunyoga ibrat bo‘lishga arzigulikdir.
Poytaxtimizda jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishi, shuningdek, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova va boshqalar ayol-qizlarga chin ma’noda ehtirom va hurmat ko‘rsatish, ularning og‘irini yengil etish, turli muammolariga tezkor, o‘z vaqtida yechim topish, har jixatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan yangilanish borasidagi islohotlarda ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladi. Yaqindagina ta’sis etilgan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi ayollar hayotiga doir eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi tegishli farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni taqdirlash maqsadida “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.
Darhaqiqat, davlat, jamiyat va xalq mehri, ehtiromi va e’zozi asli muqaddas qilib yaratilgan ayol zotini mo‘’tabarlik maqomiga yuksaltiradi. Joriy yilda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 819 ta hujjat taqdim etildi.
Onalik, mo‘’tabarlik maqomiga munosib yutuqlarga erishgan, respublika miqyosida, hududlarda, mahallalarda ibratli faoliyat ko‘rsatayotgan, oilasidagi ma’rifiy muhit bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlikni hayot tarziga aylantirgan opa-singillarimiz, munis onaxonlarimizdan 282 nafari “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, ular barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va e’tirof nomiga munosib mo‘’tabar ayollardir. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini ham oldilar.
– Bugun mamlakatimizda barcha ayollarga katta hurmat va e’tibor ko‘rsatilmoqda, – dedi yurtimizning faol ma’naviyat targ‘ibotchisi, ekspert Jamila Shermuhamedova. – Bunday e’tibor xotin-qizlarining hayotida, ularning orzu-intilishlarida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova topshirdi.
Ko‘krak nishonini joylarda hokimlar tomonidan tantanali topshirish marosimlari davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |