Turli sohalarda yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilgan bir guruh samarqandlik faxriylar bir dasturxon atrofida diydorlashishdi.
"Inson qadri ulug‘langan yurtning ertasi ham ulug‘dir!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov va O‘zbekiston Qahramoni, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari S.Turdiyev so‘zga chiqib, yurtimizda keksalarni e’zozlashga qaratilayotgan e’tibor, ularning boy tajribasidan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilishining o‘zi jamiyatda faxriylarning o‘rni nechog‘lik muhim ekanligidan dalolat berishi qayd etildi. Tadbirda samarali faoliyati, boy tajribasi bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan bir guruh nuroniylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
- Keksalik bekorchilik emas, balki eng mas’uliyatli davr ekanligini his etgan holda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqqa to‘g‘ri, xalqona tushuntirishga harakat qilmoqdamiz, - deydi "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, faxriy jurnalist Obloqul Usmonqulov.
- Bugungi tadbirda aytilgan fikrlarni eshitib, yangi vazirligimizning bevosita nuroniylar bilan bog‘liq bo‘lganligi zimmamizdagi mas’uliyat yukini yana bir bor chuqur anglatdi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik har bir keksa nuroniyga kuch-g‘ayrat, shijoat bag‘ishlaydi. Biz bor kuchimiz bilan yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishda davom etib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lishdan mamnunmiz.
Tadbir ishtirokchilariga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |