2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ovulda aholi bandligi ta’minlanmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Xolimbeg” ovul fuqarolar yig‘inida 7 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda aholi turmush farovonligini oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritayotgan Akmal Xolmurodov bu borada zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashni “xonadonbay” o‘rganish asosida yo‘lga qo‘ygan.  

Hokim yordamchisi hududdagi ijtimoiy vaziyatni “xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish  orqali o‘rganib, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qildi.  
Jarayonda ehtiyojmand va yordamga muhtoj fuqarolarga tomorqasidan issiqxona qurish uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishida hamda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun bankdan imtiyozli kredit olishda tegishli yordam ko‘rsatildi. 

– Ishsizligim tufayli “Ayollar daftari”ga kiritilgan edim, - deydi mahalla fuqarolaridan biri Shaydo Eshniyozova. – Hokim yordamchisining ko‘magi bilan menga tomorqadan daromad olishim uchun subsidiya hisobidan 2 million 700 ming so‘m ajratilib, “Amudaryo tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan issiqxona qurib berildi. Ayni paytda oila a’zolarimiz bilan issiqxonaga pomidor va bodring ko‘chatlarini ekish bilan bandmiz.  

25.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar