2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud sudyalari Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazdi

Sirdaryo viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun Respublika ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Ilk uchrashuvda Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari aholisi qabul qilinib, fuqarolarning sohaga oid murojaat va muammolari o‘rganildi.

Fuqarolarning 10 nafari jinoyat, 5 nafari fuqarolik, 1 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaat qildi. Murojaatlardan 8 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 6 ta murojaat Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi va qayta o‘rganish maqsadida fuqarolarning 2 ta arizasi olindi.

Guliston shahrida davom etgan ommaviy qabullarda Guliston shahri, Guliston va Boyovut tumanlari aholisining murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatlarning 21 tasi jinoyat, 4 tasi fuqarolik, 1 tasi ma’muriy ishlar buyicha sudlarga oid. 13 nafar fuqaroning og‘zaki murojaati, 7 nafar fuqaroning yozma murojaati qabul qilinib, 6 nafar shaxsga nisbatan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Murojaatlardan 13 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilib, 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 3 ta murojaat Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, sayyor qabullar davomida o‘tkazilgan sayyor sud majlislarida jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi tomonidan 4 nafar, jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston tuman sudi tomonidan 2 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 

Qabul davomida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarining ayrimlariga shu joyning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.

– Sudyalar viloyatimizda sayyor qabul o‘tkazayotganini eshitib, ularga murojaat qildim, – deydi Sattor Boboyev. – 2020 yilda "Baxt Yuksalish klasterida 17 million atrofida ish haqimiz qolib ketib, shuni ololmay sarson bo‘lib yurgan edik. Ish haqimiz fuqarolik sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, undirib beriladigan bo‘ldi.

– Bir necha yillar oldin sudlangan edim, – deydi A.Mamatqulova. – Aybsiz ekanimni isbotlab Oliy sud tomonidan qisman oqlangan edim. Oliy sud raisi o‘rinbosaridan to‘liq oqlanishimga amaliy yordam so‘radim. Hujjatlarimni ko‘rib chiqib qonun doirasida yordam berilishini bildirishdi.

Ommaviy sayyor qabullar Mirzaobod tumani va Yangiyer shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

01.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar