2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 14 nafar fuqaro jazodan ozod etildi

Samarqand viloyati sudlari raislarining bu galgi sayyor qabuli Bulung‘ur tumanida o‘tkazildi.

Tuman mahallalar markazida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul doirasida Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitov hamda viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev ijaraga yer olgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Tumandagi Olmazor, Mingtepa, Kattaqishloq, Bog‘bon, Beshqo‘ton mahallalarida istiqomat qiluvchi 320 nafar fuqarolar ochiq elektron tanlovlarda g‘olib bo‘lib, ijaraga yer olgan. Viloyat sudi raislari  ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berishdi.   Shuningdek, Oliy sud tomonidan tayyorlangan metodik qo‘llanma tarqatildi.

 Sayyor qabulda tadbir davomida 36 nafar fuqaro turli masalalarda murojaat qildi. Aliment, nikoh, uy-joy, fermerlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarning har biriga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazosini o‘tayotgan 14 nafar fuqaro sayyor qabulda viloyat sudi raisiga murojaat qildi. Ular qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini, bundan buyon sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishini bildirib jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi. Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan 9 nafar shaxs qonuniy yengillik so‘rab murojaat qildi. Ularning har biri bilan suhbat o‘tkazilib, xatolarini tushunib yetganligi va bartaraf qilganligi inobatga olindi. 

Tadbirlar davomida sayyor sud majlisi tashkil etildi va har bir murojaat alohida-alohida ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi. Sayyor qabulda har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ijobiy hal etilishiga harakat qilindi. Ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

02.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar