2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Keksalar hayot tajribasi yoshlar uchun ibratdir

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi boshqaruvi va Navoiy shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida mahallada istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Mahalla bag‘rikeng – maskan” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada Prezidentimizning 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilinib, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

– Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, degan ibratli gap bor, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Faxriddin Soliyev. – Darhaqiqat, keksalari bor xonadonda quvonch, fayzu baraka, xotirjamlik hukm suradi. Keksalarga ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish esa azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Zero, xonadonlarimiz farishtalari – keksalarimiz yaqin o‘tmishni bugun bilan bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib, yoshlarni buyuk ne’mat – tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetishga undaydi.

Uchrashuvda nuroniy otaxon va onaxonlar yosh avlod vakillariga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, tinchlik degan ulug‘ ne’matning qadriga yetish, el-yurt koriga yarash – ulug‘ va mas’uliyatli ish ekandigi haqida gapirishib, hayotiy tajribalarini so‘zlab berdi.

– “bugungi kunda biz keksalarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yengilliklar, shart-sharoitlar uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa, “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori biz nuroniylarga bo‘lgan e’tiborning yana bir namunasi bo‘ldi. Qaror bilan mahallalarda nuroniy va keksalar bilan ishlash tizimi yanada takomillashmoqda.

 Turli tadbirlar tashkil etilib, biz kabi nuroniylarga izzat-hurmat ko‘rsatilmoqda. “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan xabar olinmoqda, – deydi 70 yoshli onaxon Muloyim Ashurova.
Tadbir davomida rus, qozoq, qoraqalpoq millati vakillarining ashula va raqs ansambllari tomonidan xayriya konserti tashkil etilib, bir guruh mahalla faollari, nuroniy onaxon va otaxonlar Fondning “Tashakkurnoma” va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

03.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar