Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhining Fargʻona viloyati Soʻx va Quva tumanlaridagi faoliyati natijasida qator kamchiliklar aniqlandi.
Ularning aksariyatiga joyida yechim topilgan boʻlsa, xalq deputatlari tuman kengashlari sessiyalarida komissiya roʻyxatga olgan boshqa muammolarni hal etish yuzasidan “yoʻl xaritasi” belgilab olindi.
Toʻrt sektor rahbarlari tomonidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsa-da, baʼzi holatlarda muammolardan koʻz yumilmoqda. Masalan, Soʻx tumanidagi oʻrganishlar chogʻida 345 ta kamchilik va muammo aniqlangan. Taʼlim, tibbiyot, madaniyat sohalarida, joylarda aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida vujudga kelgan bu masalalarning aksariyati yillar davomida toʻplanib qolgan.
Ayniqsa, tumanda sogʻliqni saqlash sohasidagi ishlar qoniqarsiz, aksariyat tibbiyot maskanlari taʼmirga muhtoj, kadrlar yetishmovchiligi yillar davomida hal etilmasdan kelmoqda. Mazkur yoʻnalishda 46 ta muammo aniqlangani ham buni yaqqol koʻrsatib turibdi. Aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni kichik biznes subyektlariga jalb etish, ularning istiqbolli loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor yetarli darajada emas. “Sebzor”, “Sohibkor”, “Oftobroʻ”, “Navobod” mahalla fuqarolari yigʻinlari hozirgi kunga qadar tarmoq asosida ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.
Ishchi guruh tomonidan tumanda 125 ta boʻsh turgan bino, qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan yer maydonlari aniqlangan. Vaholanki, ularda koʻplab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud. Tumanda aholi turar joylari va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida ham koʻplab muammolar uchraydi. Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mavjud emasligi natijasida koʻp qavatli uylarning kommunal tarmoqlari, yertoʻlasi va fasadlari taʼmirtalab holga kelib qolgan.
Sessiyada mahalliy kengash deputatlari va toʻrtta sektor rahbarlari zimmasiga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xalq ichiga yanada chuqur kirib borish, odamlarning hayotdan roziligiga erishish yoʻlidagi amaliy ishlarni faollashtirish bosh vazifa sifatida yuklatildi.
Quva tumanida ham jiddiy muammolar toʻplanib qolgani aholi xonadonlari, ijtimoiy muassasalarga tashrif va fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar chogʻida maʼlum boʻldi. Jumladan, ishchi guruh tomonidan 65 ta mahallada uyma-uy yurilib, 2 ming 112 ta muammoli masala aniqlangan. Inson munosib turmush kechirishi uchun qulay turar joy, kommunal vositalar, masalan, kafolatlangan gaz va ichimlik suvi zarur. Biroq, oʻrganishlar davomida oʻrtaga qoʻyilgan masalalarning 347 tasi tabiiy gaz, 122 tasi ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq ekani ayni yoʻnalishdagi yumushlarning haqiqiy ahvolidan darak beradi. Xususan, Sultonobod, Oʻraboshi, Soykeldi, Boyiston, Turk, Yuziya mahallalari hozirga qadar ichimlik suvi tarmogʻiga ulanmagan.
Tumanda 76 ta koʻp qavatli uy boʻlib, ularda issiqlik taʼminoti, markazlashgan qozonxonalar va magistral tarmoqlar mavjud emas. Tuman markazidagi 17 kilometrlik oqova suv tarmogʻi va suv tozalash inshooti taʼmirga muhtoj.
Sessiyada yangi sanoat va xizmat koʻrsatish korxonalari tashkil etish, boʻsh turgan binolardan unumli foydalanish, kommunal xizmat koʻrsatish sohalaridagi muammolar, ijtimoiy sohada yechimini kutayotgan masalalar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, toʻy-hashamlar, oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solishning deputatlar va keng jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi masalasi koʻrib chiqildi.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yigʻilishda Oliy Majlis Senati raisining oʻrinbosari S.Ortiqova ishtirok etdi.
M.Sulaymonov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |