2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xonqalik bemorlarga ko‘mak

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati boshqaruvi hamda uning tuman bo‘linmasi Ramazon oyi munosabati bilan Xonqa tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, og‘ir kasallikka chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan "Xospis" uyida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.

19 nafar turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan bemorga yordam ko‘rsatildi va ularga turmush sharoitida zarur bo‘ladigan kiyim-kechak, gigiyena vositalari topshirildi. Bu esa ular uchun muqaddas oy, Ramazonning munosib tuhfasi bo‘ldi.

– Shunday ulug‘ kunlarda himoya va yordamga muhtoj fuqaro va bemorlar holidan xabar olish, ularga mehr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos, qadimiy qadriyatlarimizdan, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi boshqaruv raisi Oltiboy Radjabov. – Uni e’zozlagan, dildan his qilgan kishi ana shunday insonlar holidan xabar olib, yordam ko‘rsatadi. Insonlar ozgina e’tibordan ko‘ngli ko‘tarilib, ortlarida so‘rab turadigan, yordam beradigan xalqi borligidan quvonadi.

Bundan tashqari, fond xodimlari shu kunning o‘zida Xonqa tumanining "Ahillik" mahallasida istiqomat qiluvchi, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, bolalikdan birinchi guruh nogironi Dilshodbek Sharipov xonadoniga ham bordi. Fond mablag‘i hisobidan yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

06.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar