2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tuman hokimi maktablardagi ta’lim jarayonini o‘rganmoqda

"Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yaxshilashga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar, olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishmoqda. Bugun 3-matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. 

Tuman hokimi o‘quvchilar bilan ularning kelajakdagi rejalari, tanlamoqchi bo‘lgan kasblari bo‘yicha muloqot qilib, darslarni yaxshi o‘zlashtirish, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish va unga intilish kerakligini alohida ta’kidladi. 
Mazkur ta’lim maskanida aniq fanlarni o‘qitishda ilg‘or tajribalar yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois o‘quvchilarning ham qiziqishi kuchli. 
- Maktabimizda barcha fanlardan to‘garaklar muntazam ravishda o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar. Shuningdek, turli sport tadbirlari, musobaqalarda yoshlarimiz faol ishtirok etib, vatanparvarlik ruhida kamol topmoqdalar. Hozirda barcha joylarda bo‘lgani kabi maktabimizda ham “Yashil makon” loyihasi doirasi maktab hududi obodonlashtirilib, ming tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi va bu ishlar jadallikda davom etmoqda,  – deydi maktab direktori Muhabbatxon Turdimatova.  

Shuningdek, tuman hokimi maktabda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.  

08.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar